Yuk avtotransportlarida xalqaro yuk tashish turini aniqlash mezonlari belgilandi

  • 20:36 / 08.11.2019
  • 50

“Avtomobilda amalga oshirilayotgan xalqaro yuk tashish turini belgilash mezonlari va tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, deya xabar beradi Vazirlikning telegramdagi kanali.

Qarorga muvofiq, endilikda yuklarni yuk avtotransport vositalarida xalqaro tashishning quyidagi turlari farqlanadi:

–  ikki tomonlama tashishlar;

–  tranzit tarzidagi tashishlar;

–  uchinchi davlat hududiga yoki uchinchi davlat hududidan tashishlar.

Shuningdek, ushbu qaror bilan yuklarni tashishning aynan qaysi tashish turiga kirishini aniqlash mezonlari ham belgilandi.

Qarorga ko‘ra, xalqaro yuk tashish turini belgilash tartibi Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.