Yunusobodda qurilayotgan metro bekati qachon ishga tushadi?

  • 11:11 / 05.12.2019
  • 1112

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasining Yunusobod yo‘nalishida olib borilayotgan yangi yer osti qurilish liniyalarining ikkinchi tunnelida burg‘ilash ishlari yakuniga yetkazildi. Bu haqida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

O‘ng tunneldagi burg‘ulash ishlari yakuniga yetdi

Hozirgi kunda Yunusobod liniyasining o‘ng tunnelida burg‘ilash ishlari tugatilib, mavjud bo‘lgan “Shahriston” bekati bilan ulash ishlari boshlab yuborilgan.

Hozirda bekatlarni birlashtirish ishlari olib borilmoqda

Muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini sozlash, mavjud bo‘lgan “Shahriston” hamda yangi qurilayotgan “Turkiston” va “Yunusobod” bekatlarini birlashtirish, shuningdek, temir izlarini yotqizish ishlari davom ettirilmoqda.

Ishlar deyarli yakunlandi

Bugungi kunga kelib, ushbu qurilish loyihasi doirasida amalga oshirilgan umumiy ish hajmining 90 foizdan ortig‘i bajarildi.

“Turkiston” bekatiga sinov tariqasida ishga tushiriladi

Xabarda keltirilishicha, joriy yil oxiriga qadar “Turkiston” bekatiga metropoyezdlar qatnovi sinov tariqasida yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. 2020-yilda esa yo‘lovchilar uchun poyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.