Yuzda qaysi kasalliklarning belgilarini topish mumkin?

  • 17:07 / 23.09.2019
  • 627

Inson tanasidagi ko‘pgina kasalliklar aniq belgilarsiz kechadi, shuning uchun ham odamlar yillar davomida biror bir organi yoki butun bir organlar tizimi noto‘g‘ri ishlayotgani haqida bilmasdan, o‘z sog‘liqlarini barbod qilishda davom etadilar. 

Kishilar tibbiy yordamga, ko‘pincha, ancha kech, ya’ni kuchli og‘riq bo‘lganida – organning qattiq zararlanishida murojaat qiladi. Ammo u yoki bu kasallikda nima qilishni bilganda, bunday yakunning oldini olish ham mumkin bo‘lardi

Keling, tanada qaysi kasalliklar mavjudligini yuzga qarab bilib olishni o‘rganamiz. 

1.  Ko‘z ostidagi yog‘li shishlar


Ko‘z ostidagi yog‘li shishlar (lipomalar) buyraklardagi qotishmalar haqida belgi beradi. Bu toshlar, qum yoki ularning shakllanayotgan ko‘rinishi bo‘lishi mumkin. Teri ostidagi bu oq yumaloqlarni kosmetologik yo‘l bilan ham yo‘qotish mumkin, ammo buyraklarga oid muammolar hal etilmagan bo‘lsa, lipomalar yana qaytadi, shuning uchun buyraklardagi muammoning yechimiga shoshilish kerak. 

Buning uchun urologga borish va kerakli tekshiruvlardan o‘tish lozim. Muolaja tarkibiga Gua-sha massaji, vistseral massaj, bug‘li fito-bochkani ham kiritish mumkin. Bularning barchasi kompleks ravishda buyraklar faoliyatini tiklash va lipomalarning yo‘qolishiga yordam beradi. 

2.  Ko‘z ostidagi ko‘karishlar


Ko‘z ostidagi ko‘karishlar – qon aylanishning buzilishi tufayli teri ostidagi qon yig‘ilib qolgan tomirlar va kapillyarlarning ko‘rinib qolishidir. Gemoglobin o‘z rangini o‘zgartiradi va ko‘z ostidagi teri ko‘kish-binafsharang tusga kiradi. 

Sabablari:
 Oshqozon-ichak tizimi organlari kasalliklari
 Organizmda yetarlicha suyuqlik yo‘qligi
 Yurak kasalligi
 Anemiya (gemoglobin darajasining pastligi)
 Boshdagi tomirlar bilan bog‘liq muammo
 Ichak infeksiyasi, intoksikatsiya
 Shuningdek, chekish, alkogol, ko‘p energetiklar iste’mol qilish, uyquga to‘ymaslik, monitordan charchash.

Agar oxirgi banddagilar sizda bo‘lmasa, tekshiruvdan o‘tishingiz va ko‘zlaringiz ostidagi ko‘karishlar nima sababdan ekanligini aniqlashingiz zarur. 


3.  Yuzning shishishi


Ertalablari yuzingizning shishib ketishi sizni bezovta qilsa, keling, muammo sababini aniqlaymiz. Sog‘lom odamlarda shishlarni quyidagi sabablar keltirib chiqaradi: haddan ziyod alkogol iste’mol qilish, ko‘p miqdorda tuz yoki tuzli mahsulotlar iste’mol qilish, kechqurun ko‘p miqdorda suyuqlik ichish, surunkali uyquga to‘ymaslik.
Bu sabablarni bartaraf qilib, yuz shishishidan qutulasiz. Ammo shishgan yuz jiddiy kasallillarni ma’lum qilayotgan bo‘lishi ham mumkin. Alohida belgilarga ko‘ra, organizmdagi muammo haqida bilib olish va vaqtida shifokorga murojaat qilish mumkin. 

•  Gormonal buzilishlar. Asosan qovoqlar shishadi, yuz terisi rangsiz va quruq, harorat past bo‘ladi. Shishlar katta bo‘ladi, bosgandan keyin iz qolmaydi. 
•  Yurak faoliyatida buzilishlar. Qovoqlarning shishishiga lablarning ko‘kimtirligi, tez holdan toyish ham qo‘shiladi. 
•  Buyraklar faoliyatining buzilishi. Bunday hollarda uyqudan keyin yuzda shishlar paydo bo‘ladi, kun davomida butun tanaga yoyiladi.  
•  Jigar faoliyatining buzilishi. Shishlardan tashqari, yuz terisi sarg‘ish tus oladi. Bunday simptomlar odatda kasalliklarning jiddiylashuvida paydo bo‘ladi. 
Yuqoridagi belgilar bo‘lsa, shifokorga borishni kechga surmang.