Zilzilalar tarixi: XIX va XX asrlarning eng dahshatli zilzilalari

  • 17:23 / 18.01.2020
  • 988

Minglab va xatto yuz minglab qurbonlar berilgan bu zilzilalar oqibatlarini tiklashga yillar kerak bo‘ladi. Buni inkor qilib bo‘lmaydi. Bizning quyidagi suratlarni joylashdan maqsadimiz, dahshatli zilzilalar oqibatlari nimalarga olib kelishini ko‘rsatishgina emas, balki odamlarni bir-biriga e’tiborli, mehribon, muruvvatli bo‘lishga, har bir daqiqaning, har bir insonning qadriga yetishga chaqirishdir
  

Messina, Italiya. 1908-yil 28-dekabr  
Qurbonlar soni:
100 000

GettyImages-930006170.jpg

GettyImages-931995596.jpg

Sitsiliya orolida sodir bo‘lgan zilzila magnitudasi 7,5 ball bo‘lgan. Bir necha soniyalar ichida Messina shahri vayron bo‘ldi. U eng dahshatli zilzilalar qatoriga kirmasligi mumkin edi, biroq qurbonlar soni juda ko‘pligi bunga yo‘l qo‘ymadi. 

Xayyuan, Xitoy. 1920-yil 16-dekabr
Qurbonlar soni:  200 000 dan ziyodroq

earthquake-jingning.jpg

Magnitudasi 7,8 ballik zilzila Xitoyning Gansu provinsiyasidagi Xayyuan uyezdida sodir bo‘lgan. Yer qobig‘idagi harakat Sariq dengizdan tortib Mo‘g‘uliston chegarasigacha bo‘lgan oraliqdagi 7 viloyatga katta talofat yetkazgan. 

Kanto, Yaponiya. 1923-yil 1-sentabr
Qurbonlar soni:  170 000 kishidan ko‘proq

GettyImages-3300973.jpg

GettyImages-142628191.jpg

Bu zilzila Yaponiya tarixidagi eng dahshatlisi hisoblanadi. Markazi Tokiodan 90 kilometr uzoqlikda bo‘lgan. Yer qimirlashi oqibatida chiqqan yong‘inlar tufayli 40 ming kishining yostig‘i qurigan. Yarim milliondan ziyodroq odam yo‘qolgan. Zilzila sababli ko‘tarilgan 15 metrli to‘lqin Sagami ko‘rfazidagi baliqchilar qishlog‘ini butunlay yuvib ketgan. 
   
Ashxabod, Turkmaniston. 1948-yil 5-oktabr
Qurbonlar soni:
110 000

GettyImages-126968393.jpg

7,3 ballik silkinish kuchiga ega zilzila natijasida Ashxabod, uning atrofidagi hududlar jiddiy talofat ko‘rgan. Odamlar fojia oldidan osmonda yorug‘lik paydo bo‘lganini ko‘rishgan. Itlar uzluksiz ravishda “uv”lab egalarini kiyimlaridan tishlab, ko‘cha tomonga tortaverishgan. Voqea yarim tunda hamma uxlayotganda sodir bo‘lgan va 10 soniya ichida shahardan deyarli nom-nishon qolmagan. 

Chimbote, Peru.  1970-yil 31-may
Qurbonlar soni:  70 000 dan ziyodroq

GettyImages-72386435.jpg

GettyImages-794404491.jpg

Zilzila markazi Tinch okean tubida bo‘lgan va silkinish kuchi 7,9 ballga yetgan. Buning natijasida Uaskaran tog‘ida sodir bo‘lgan muz ko‘chkisi Chimbote aholisining 70 foizini tiriklay ko‘mib qo‘ygan. Ko‘chkining tezligi soatiga 200 kilometrga yetgan. 
  

Tanshan, Xitoy. 1976-yil 28-iyul
Qurbonlar soni: 255 000

GettyImages-515218214.jpg

GettyImages-183977745.jpg

Magnitudasi 8,2 ballga yetgan zilzila oqibatida bu yerda rasman 255 000 kishi qurbon bo‘lgan deb topilsa ham, ayrim ma’lumotlar bu raqam 655 000 yetganligini ko‘rsatadi. Tanshanni qayta tiklashga deyarli 10 yil ketgan. 

Spitak, Armaniston. 1988-yil 7-dekabr.
Qurbonlar soni:
25 000

GettyImages-948900650.jpg

Kuchi 7,2 ball bo‘lgan bu zilzila Spitak shahrini va uning atrofidagi qishloqlarni butunlay vayron qilgan. Mamlakat hududining deyari 40 foizi bu silkinish ta’siri ostida bo‘lgan. Qurbonlardan tashqari 150 000 odam yaralangan.

Sumatra, Indoneziya.  2004-yil 26-dekabr
Qurbonlar soni:
  220 000 kishidan ko‘proq

GettyImages-51908834.jpg

GettyImages-528404232.jpg

Bu zilzila 9,1 ballga yetgan. Dengiz ostidan birdaniga paydo bo‘lgan silkinish o‘zi bilan 220 000 odamni olib ketgan. 1,8 milliondan ko‘proq odam uy-joysiz qolgan. Fojia Osiyo va Sharqiy Afrikaning 14 mamlakatini qamrab olgan. 
   
Sichuan, Xitoy.  2008-yil 12-may
Qurbonlar soni:
90 000

Sichuan_earthquake_wenchuan.jpg

GettyImages-83855726.jpg

Sichuan hududida 7,9 ball kuch bilan silkingan yer Pekin va Shanxaydagi vayronagarchiliklarga ham sabab bo‘ldi. U Hindiston, Tailand, Vyetnam, Bangladesh, Mo‘g‘ulistonda ham sezildi. Fojia oqibatida 350 000 kishi yaralandi, 15 million kishi boshqa joyga ko‘chirildi. Qurbonlar soni 90 000 ga yetdi.  
  
Gaiti. 2010-yil 12-yanvar
Qurbonlar soni:
220 000 kishidan ziyod

GettyImages-95777997.jpg

GettyImages-110876034.jpg

GettyImages-124224882.jpg

Mamlakat poytaxti – Port-o-Prens shahrida butun mamlakatning uchdan bir qismi yashardi. 7 ballik zilzila 220 mingdan ziyod qurbondan tashqari 100 000 binoni butunlay yo‘q qildi.