A Seriya klublari VARga shikoyat qilishlari mumkin

  • 10:47 / 14.02.2020
  • 118

Italiya futbol federatsiyasi A Seriya klublarining ko‘plab iltimoslarini inobatga olib o‘yin payti har bir jamoaga videotakrorlarni bir marta qayta ko‘rish imkoniyatini berishga tayyorligini bildirdi.
Bu borada yakuniy qaror fevral oxirida futboldagi o‘yin qoidalarini tartibga soluvchi tashkilot – Futbol assotsiatsiyalari xalqaro kengashida ko‘rib chiqiladi.
Italiya federatsiyasi FIFA tomonidan ushbu tajribani norasmiy qo‘llab-quvvatlovini olgan.

Teglar