Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston Prezidentining maslahatchisi bilan uchrashdi

  • 10:06 / 15.01.2020
  • 34

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Dehli shahrida 14-yanvar kuni Afg‘oniston Prezidentining Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Hamdulla Muhib bilan uchrashdi. Bu haqda Abdulaziz Kamilov o‘z instagram sahifasida xabar qoldirgan. Xabarda ular qanday masalalar yuzasidan suhbatlashgani aytilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 14-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Dehli shahrida  Hindiston davlatining Tashqi ishlar vaziri Subrahmanyam Jaishankar bilan uchrashgan edi.