Abdulaziz Komilov O‘mon elchixonasidagi hamdardlik kitobiga qayd kiritdi

  • 12:09 / 14.01.2020
  • 118

Kecha, 13-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘mon Sultonligining Toshkent shahridagi elchixonasiga tashrif buyurdi.

“TIV rahbari O‘zbekiston Hukumati va Tashqi ishlar vazirligi nomidan hukmron oila a’zolariga chuqur hamdardlik izhor etdi va Sulton Qobus bin Saidning vafot etgani munosabati bilan ochilgan Ta’ziya kitobiga qayd kiritdi”,  deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11-yanvar kuni O‘monni so‘nggi 50 davomida boshqargan sulton Qobus bin Said 79 yoshida vafot etgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu munosabat bilan O‘monning yangi sultoni Haysam bin Toriq al-Said nomiga hamdardlik maktubi yo‘lladi.