Abdulaziz Komilov xitoylik hamkasbi bilan koronavirus masalasini muhokama qildi

  • 10:07 / 06.05.2020
  • 166

Kecha, 5-may kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Van I bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida oliy va yuqori darajadagi tadbirlarning jadvali va kun tartibi muhokama qilindi.

Epidemiologik holatning yaxshilanishi bilan tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini, hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining sohaviy kichik qo‘mitalari yig‘ilishlarini o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Shuningdek, karantin cheklovlari sharoitida hamkorlikning yangi formatlaridan faol foydalanishga kelishib olindi. Pandemiya oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

TIV rahbarlari Afg‘onistonda tinchlik muzokaralar jarayonini boshlashga ko‘maklashish mexanizmlarini ham alohida ko‘rib chiqdilar.

Bundan tashqari, BMT, ShHT va boshqa xalqaro strukturalar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.