Achigan sutdan futbolka ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi 

  • 10:16 / 15.08.2019
  • 145

Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida yaroqsiz mahsutlotning muayyan ulushi mavjud. Sut ishlab chiqarish sohasi bu borada istisno emas. Kaliforniyalik olimlar u yoki bu sababga koʻra sotilmay qolgan yoki yaroqsiz boʻlgan sut miqdorini kamaytirishga qaror qildilar. Qimmatli mahsulotni chiqindilar bilan birga toʻkib yubormaslik uchun  uni kiyim-kechak ishlab chiqarishda xomashyo sifatida qoʻllash taklif etilmoqda.

Kaliforniyaning Mi Terro startapi vakillari kozein oqsiliga asoslangan sutni qayta ishlash chizmasini tayyorladilar. Sigir suti tarkibida oqsilning bir necha turi mavjud. Kozein esa sut achishi jarayonida hosil boʻladi. Sutning ushbu qimmatli qismi fermentatsiya natijasida ajraladi va olingan kukundan ip olish uchun foydalaniladi. 

Ученые из Калифорнии создали технологию производства футболок из прокисшего молока

Quruq kukunsimon kozein bir necha kimyoviy preparatlar bilan qayta ishlovga yuboriladi va kozeinli ipga aylanadi. Olingan ipdan trikotaj matosi tayyorlanib, undan esa futbolka tikishda foydalanilgan. Loyiha ustida ish olib borganlarning fikriga koʻra, kozeindan ishlangan mato paxtadan olinganlaridan qolishmaydi, ayrim jihatlari bilan ulardan ustun. Masalan, kozeinli futbolka antibakterial xususiyatlarga ega, shu bilan birga, namlikni oʻziga singdirmaydi. Umuman olganda, bunday futbolkalarni kir yuvish mashinalarida yuvish ham mumkin. Futbolkaning sifati oʻzgarmaydi va hatto gʻijim boʻlmaydi.

Statistikaga koʻra, har oltinchi litr sutga talab boʻlmaydi, natijada u chiqindiga tashlanadi. Mutaxassislar yangi texnologiya mazkur vaziyatni oʻzgartirish va qimmatli xomashyoni isteʼmolchi uchun qiziqarli hamda kerakli mahsulotga aylantirish imkonini beradi. Bir dona futbolka ishlab chiqarish uchun 5 stakan achigan sut yetarli ekanligi aytilmoqda.