Adidas tarixi: Korporatsiyaga aylangan oilaviy biznes haqida

  • 20:47 / 26.06.2019
  • 389

Adidas 1920-yillarda aka-uka Dasslerlar egalik qilgan nemis kompaniyasidan chiqqan. Ikkinchi jahon urushidan keyin Dasslerlar noma'lum sabab tufayli urishib qolishadi va biznesni alohida yurita boshlashdi: Dassler Rudolf boshqargan Puma va Adidas — Adolf kompaniyasiga ajraldi.

Foto: Adidas

Adolf Dassler kashfiyotchi va dizayner edi: 1925 yilda u “tikonli” futbol butsilarini o‘ylab topdi va ilk marta tikdi. 1949 yilda Adidas logotipi  - uchta chiziqni patentlatdi va yechiladigan rezina “tikonli” ilk futbol butsilarini yaratdi. 1950 yilda u qorda va muzda futbol o‘ynash uchun oyoq kiyimni o‘ylab topdi.

Adolf Dassler
Foto: Adidas

Puma va Adidas o‘rtasidagi munosabat murakkab edi: fabrikalar kichik Xersogenaurax shahrida yonma-yon turardi. Uning aholisi ham Puma tarafdorlari va Adidas ishqibozlariga ajralgandi.

Mojarolarning asosiy manbai brendlar orasida oyoq kiyim tayyorlash texnologiyasi va uni targ‘ib etish edi: aka-ukalar umumiy ishlanmalardan foydalanmaslik va alohida-alohida rivojlanishga qaror qilishdi, biroq ba'zida bir-birlarini g‘oyalarni o‘g‘irlashda ayblashardi.

Puma va Adidas «Pele Pakti»ni imzolashdi, u fabrikalarga targ‘ib uchun Peledan foydalanishni ma'n etardi. Puma bu shartnomani buzdi.

Pele
Foto: Adidas

1970 yili Futbol bo‘yicha jahon chempionatida Pele o‘yin boshlanishidan oldin hakamdan butsi bog‘ichini bog‘lash uchun vaqt so‘radi. Kameralar uni yirik planda ko‘rsatdi, u maydon markazida sekin tizzasiga o‘tirib, Puma yozuvi tushirilgan butsisi bog‘ichini bog‘ladi. Puma o‘yingacha u bilan shartnoma imzolagani ma'lum bo‘ldi.

1978 yil Adolf Dassler vafotidan keyin Adidas inqirozni boshdan kechirdi. Kompaniya dastlab Adolfning rafiqasi Katarina va o‘g‘li Xorst boshqaruviga o‘tdi. 1985 yilda Katarina, undan keyin Xorst vafotidan so‘ng kompaniyani uning singillari boshqarishga harakat qilishdi. Natijada ular 80 foiz aksiyalarni tadbirkor, fransuz futbol klubi “Olimpik Marsel”ga egalik qilgan Bernard Tapiga sotib yuborishdi.

1993 yilda Tapi Adidas targ‘iboti strategiyasi ustida ishlashlari uchun raqobatchi kompaniyalar Nike va Reebok mutaxassislarini yolladi. Aynan o‘sha yili kompaniyaning egasi yana o‘zgardi – Tapi kompaniyani do‘sti Robert Lui-Dreyfusga sotdi.

Adidas’ga ko‘ra, Lui-Dreyfus kompaniyaga inqirozdan chiqishda yordam berdi va keskin o‘zgarishlar qilishga undamaydigan shior o‘ylab topdi: “Biz avval ham bilardik. Biz hozir ham bilamiz”.

2009 yilda Puma va Adidas yarashish sari ilk marta qadam qo‘yishdi: 21 sentyabrda “Xalqaro tinchlik kuni” munosabati bilan xodimlar Xersogenauraxda futbol bo‘yicha o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazishdi.

Robert Lui-Dreyfus
Foto: Adidas

Hozirda Adidas Germaniyada sakkizta korxona va boshqa mamlakatlardagi 25dan ortiq sho‘'ba korxonalarga ega: Fransiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada va JARdagi korxonalar shular jumlasidandir. Bundan tashqari, Reebok, xokkey uchun anjomlar ishlab chiqaruvchi CCM va golf uchun anjomlar ishlab chiqaruvchi Taylor Made Golf unga tegishli.

Musobaqalardagi homiylik

Ilk marta professional sportchilar Adolf Dassler tomonidan tikilgan oyoq kiyimni 1928 yilda Amsterdamda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiadada kiyishgan.

Adidas Dassler’dan ajralgach, Adolf sportchilar bilan hamkorlik qilishda davom etdi: 1952 yil Xelsinkida bo‘lib o‘tgan Olimpiadada ko‘plab sportchilar Adidas oyoq kiyimlarida chiqishgan. 1954 yilda Futbol bo‘yicha jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallagan Germaniya terma jamoasi Adidas oyoq kiyimlarini kiygandi.

Kompaniyani boshqarish vaqtida 1970-1990 yillarda davom etgan inqiroz vaqtida Adidas sportchilar bilan hamkorlik qilmagan va Olimpiadaga homiy bo‘lmagan.

1996 yilda Adidas yana Olimpiya o‘yinlari homiysiga aylandi, uning savdolari 50 foizga o‘sdi.

2000 yilda Sidneyda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida Adidas mahsuloti 28 ta sport turidan 26 tasida mavjud bo‘lgan. Uch mingdan ortiq sportchi Adidas’dan kiyingan.

2012 yilda Adidas Londondagi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarining homiysi bo‘lgan. Adidas formasini ko‘ngillilar, xizmat ko‘rsatuvchilar, hukumat vakillari va Buyuk Britaniya terma jamoasi ishtirokchilari kiyishgan

Buyuk Britaniya terma jamoasi Londondagi
Olimpiada o‘yinida Adidas formasida
Foto: Adidas

Adidas shartnoma imzolangan sportchilarni ham kiyintirgan. Masalan, Amerika terma jamoasi besketbolchisi Derrik Rouz Adidas bilan hamkorlikda yaratilgan D-Rose krossovkalarini kiygan.

Adidas+Teamgeist koptogi
Foto: Adidas

 

Derrik Rouz Adidas D-Rose krossovkalarida
Foto: Adidas

Adidas ijrochi direktori Gerbert Xaynerning so‘zlariga ko‘ra, 2007 yildan 2012 yilgacha kompaniya homiylik, marketing va Londondagi Olimpiada reklamasiga 100 mln funt (deyarli 130 mln dollar) sarflagan.

Adidas bugungi kunda

Adidas bosh direktori Kasper Rorshtedning so‘zlariga ko‘ra, 2018 yil uchun belgilangan istiqbolli vazifa – onlayn-do‘konni rivojlantirish.

Adidas bir vaqtning o‘zida ham funksional, ham urfga mos bo‘ladigan sport buyumlarini yaratishda davom etadi. Buning uchun brend moda dizaynerlari bilan hamkorlikda to‘plamlar chiqaradi. Rorshted misol keltirdi: yaqinda Adidas YouTube’da niderlandiyalik 21 yoshli Daniel Katarini topdi va u bilan birgalikda kapsulali to‘plamni chiqardi.

Shuningdek, kompaniya 3D-printerda chop etilgan krossovkalarni ishlab chiqarishda davom etadi.

Foto: Reuters

“3D chop etish  bizning eng muhim platformamizga aylanadi. Biroq buning uchun ko‘p vaqt kerak. Ikki yil davomida chop etish vaqtini ikki marta kamaytirdik, uni yana qisqartirish lozim”.

Rorshted ikki yil avval Nike krossovkalarni printerda chop etish mumkin emasligini aytganini, biroq Adidas buni amalga oshirayotganini qayd etdi.

Kompaniya sayti ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yildan 2022 yilga qadar Adidas marketing harakatlarini oltita shahar - Los-Anjyeles, Nyu-York, London, Parij, Tokio va Shanxayga qaratadi.

Teglar