Aeroportlar 11 yildan keyin qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

  • 14:15 / 08.11.2019
  • 543

Xalqaro ekspertlarning bashoratiga ko‘ra, 2030-yilga kelib yo‘lovchilar samolyotga chiqish uchun nazorat hududlarida navbat kutishmaydi. Faqat “aqlli yo‘lak”lardan o‘tishning o‘zi kifoya qiladi. Bu yo‘laklarga shaxsni aniqlovchi va ular uchishi lozim bo‘lgan reysga olingan chiptani tekshiruvchi maxsus tizim o‘rnatiladi. Bu usulni nafaqat havo yo‘llari transportida, balki vokzallarda, portlarda ham qo‘llash mumkin.

Yana bir muhim o‘zgarish, yo‘lovchi aeroportga kelguniga qadar bojxona ko‘rigidan o‘tib keladi. Bunga aeroportga olib keluvchi yo‘llarga o‘rnatilgan turli uzatgichlar va sensorlar orqali erishiladi.  

O‘n yildan keyin amalga oshirilishi kutilayotgan yana bir yangilik, aeroportlarning  raqamli egizaklari paydo bo‘ladi. Ya’ni, aeroportning barcha xizmatlari, obyektlari aks etgan onlayn modeli ishga tushiriladi. Bu orqali xizmat sifati yaxshilanadi, yo‘lovchilar o‘zlari uchun zarur masalalarni osongina hal qila olishadi. Masalan, yo‘lovchi o‘zining qizil rangli jomadoni, aytaylik A25 chiqishida bor yoki yo‘qligini onlayn modeldagi ovozli yordamchi orqali aniqlashi mumkin, deya xabar beradi Buying Business Travel.

Teglar