Afg‘oniston kasalxonalarida koronavirusga chalinganlar uchun joy tugayapti

  • 14:59 / 22.05.2020
  • 105

Afg‘oniston sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, mamlakatning aksariyat hududlaridagi shifoxonalarda COVID-19’ga chalingan bemorlar uchun joy qolmagan.

Rasmiylar aholini hayit arafasida odamlar halokati ko‘payishi, ko‘chalar jasadga to‘lib ketishi haqida ogohlantirgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘onistonda 9 216 kishi koronavirus bilan kasallangan, 205 bemor vafot etgan, 996 kishi davolangan.