Afg‘onistonda koronavirusga chalingan birinchi bemor vafot etdi

  • 10:43 / 23.03.2020
  • 440

Joriy yilning 22-mart kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi Balx viloyatidagi bemor uch kun oldin koronavirusdan vafot etganini tasdiqladi.

Balx sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Xalilulloh Hikmatiyning aytishicha,vafot etgan fuqaroning koronavirusga topshirgan testi natijasi ijobiy chiqqan.

Marhum shimoliy Balx viloyatida joylashgan Hemtal okrugida vafot etgan va bu viloyatdagi koronavirus aniqlangan birinchi holat.

Hikmatining so‘zlariga ko‘ra, erkakning oilasi uni dafn etishgandan keyin Zara shahridagi Tolibon ta’siri hududiga ko‘chib ketgan.

Bundan tashqari, Hirot viloyatidagi bemor ham koronavirusdan vafot etganligi gumon qilinmoqda. Ammo unda yurak xastaligi ham mavjud bo‘lgan. Hozirda uning o‘lim sababiga aniqlik kiritilmoqda.