Afg‘onistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi 

  • 12:38 / 03.12.2019
  • 96

Bugun O‘zbekistonga chegaradosh Afg‘oniston davlatida 5,2 balli yer silkinishi kuzatildi. Ushbu zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi. 

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, 3-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:06 da Afg‘onistonda yer silkinishi kuzatilgan. 

Zilzila Toshkentdan 542 km masofada janubiy yo‘nalishda yuz bergan. 
Silkininsh 36,75 gradus shimoliy kenglik, 66,84 gradus sharqiy uzunlikda yer sathidan 100 km. chuqurlikda sodir bo‘lgan. Silkininsh magnituda kuchi 5,2 ballni tashkil etgan. 

Yer silkinishi O‘zbekiston hududida:
Samarqand: 323 km; 2 ball
Termiz: 66 km; 3 ball;
Qarshi: 252 km; 2 ball.