Afrikada 14 ming tup daraxtdan iborat ilk vertikal oʻrmon paydo boʻladi 

  • 08:35 / 10.08.2019
  • 380

Oʻzining gʻaroyib vertikal oʻrmon konsepsiyasi bilan mashhurlikka erishgan italiyalik arxitektor Stefano Boeri sayyora boʻylab oʻz loyihasini amalga oshirmoqda. Tez orada Boeri loyihasi boʻyicha qurilgan uylar Afrikada paydo boʻladi. Misrda Qohiradan sharqda, mamlakatning yangi maʼmuriy poytaxtida yetti qavatli bino barpo etiladi. Ushbu gʻaroyib me’moriy uchlik hudud oʻrtasidagi yashil vodiyga aylanishi koʻzda tutilgan. Unda hukumat departamentlari va xorij elchixonalari joylashtiriladi.

В Африке появится первый вертикальный лес с 14 000 растений

Deyarli barcha qitʼalar uchun vertikal oʻrmonlar loyihasini ishlab chiqqan Stefano arxitektura studiyasi bu safar misrlik dizayner Shimaa Shalash va italiyalik landshaft arxitektori Laura Gatti bilan hamkorlik qildi. Loyiha muallifi oʻsimliklarning yuzdan ortiq turlaridan foydalanmoqchi ekanini aytgan, ular orasida 350 ta daraxt va 14 ming buta boʻladi. Bu esa mazkur hududdagi havo sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi.

В Африке появится первый вертикальный лес с 14 000 растений

Barcha yirik loyihalarni amalga oshirishda boʻlgani kabi ushbu jarayon ham sinchkovlik  bilan rejalashtirishni talab etadi. Har bir terassada mahalliy iqlimga muvofiq tanlangan oʻsimliklar boʻlishi koʻzda tutilgan. Buning uchun tanlangan oʻsimliklarning gullash mavsumi, shuningdek, ular oʻsadigan muhitni diqqat bilan oʻrganish kerak. Loyiha ideal manzara hosil qilishi uchun estetik jihat va ekologik oʻziga xoslikni birlashtirishi lozim. Vertikal oʻrmonlar himoya qiluvchi soyani taʼminlabgina qolmay, yiliga taxminan yetti tona karbonat angidridni yutadi, shuningdek, sakkiz tonnaga yaqin kislorod ishlab chiqaradi. Loyiha ustidagi ishlar 2020-yilda boshlanib, ikki yil oʻtgach yakunlanishi rejalashtirilmoqda.

В Африке появится первый вертикальный лес с 14 000 растений