Air India aviakompaniyasi layneri O‘zbekiston osmonida ortga qaytarildi

  • 17:18 / 31.05.2020
  • 3593

30-may kuni ertalab Dehlidan ko‘tarilgan Air India aviakompaniyasining layneri kompaniya uchuvchilarining birida koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqidagi xabardan so‘ng, O‘zbekiston havo hududidan ortga qaytib ketdi. 

Ma’lum qilinishicha, A320 samolyoti Moskvadan hindistonliklarni yurtga qaytarish uchun parvozni amalga oshirayotgan bo‘lgan.

“Samolyot O‘zbekiston osmonida ekanligida, Air India aviakompaniyasi uchuvchilaridan birida koronavirusga topshirilgan test natijasi ijobiy chiqdi”, deyiladi aviakompaniya xabarida.

Samolyotga darhol ortga qaytish buyurilgan. Va butun ekipaj karantinga olingan. Kompaniyaning boshqa bir samolyoti hindlarni qaytarish uchun Moskvaga yuborilishi ma’lum qilingan.