Ajdarholar, maymunlar va minoralar: dasturlashni oson o‘rgatadigan 14 ilova

  • 14:51 / 29.05.2019
  • 715

Dasturlash ko‘nikmalari faqatgina dastur ishlab chiqaruvchilar uchungina foydali emas – ular mantiqiy fikrlash, ijodkorlik va murakkab vaziyatlarda turli yondashuvlarni izlash ko‘nikmasini rivojlantiradi. Rb.ru sizga dasturlashni o‘yin shaklida o‘rgatadigan 14 ta qiziqarli servisdan iborat to‘plamni taqdim etadi.

Foto: Unsplash

1.Code monkey

Yosh: 4+

Narx: ilk 14 kun bepul, pulli shakli maktab guruhlari uchun yiliga 49 dollar

Ilovaning tili: rus tili

Dasturlash tili: CoffeeScript

O‘yinning maqsadi oddiy – maymun banan izlab topishi kerak. Buni amalga oshirishi uchun o‘quvchilar berilgan buyruqlarga asosan CoffeeScrip dasturlash tilida kod yozishadi. Ular maymunga aylanish, qayerga yugurib borish, qanday to‘siqni yengishni o‘zlari hal etishadi. Har bir darsni o‘rgatadigan video, yordam va batafsil reja bor. Shunday ekan, o‘qituvchining yordamisiz ham shug‘ullanish mumkin.

2. Code Combat

Yosh: 9+

Narx: bepul

Ilova tili: rus tili

Dasturlash tili: Python, JavaScript, yazyk razmetki CSS, HTML

Kurs kattaroq bolalar uchun mo‘ljallangan. Code Combat’da dasturlashning asosiy tillari - Python, JavaScript, CSS, HTML bor. Xato va sinab ko‘rish ham to‘g‘ri yechimni izlash orqali har bir tilning asosiy elementlarini o‘zlashtiradilar. O‘qituvchilar sinfda sayt yaratishlari, jarayonni kuzatishlari mumkin. Agar mustaqil o‘rganishni istasangiz, ota-onalardan bolani ro‘yxatdan o‘tkazishlarini so‘rash kerak.

3. Scratch

Yosh: 8+

Narxi: bepul

Ilovaning tili: rus tili

Dasturlash tili: Scratch

Scratch grafik tili yordamida bolalar dasturlash asoslarini o‘rganadilar. Bu yerda ikki o‘lchamdagi o‘yinlarni yozish va interaktiv hikoyalarni yaratish, animatsiya bilan ishlash, qahramonlarni tahrirlash va ularni boshqarish mumkin.

4. Blockly

Yosh: 4+

Narxi: bepul

Ilovaning tili: rus tili

Dasturlash tili: Blockly, JavaScript

Blockly – dasturlashning grafik muhiti bo‘lib, uning yordamida ilova va o‘yinlar yaratish mumkin. Saytda yuqori sinf o‘quvchilari uchun Blockly va JavaScript dasturlash tillaridagi asosiy mavzular bo‘yicha mashqlar bor. Kichik yoshdagilar uchun esa juda oddiy o‘yinlar bo‘limi mavjud.

5. Sode.org

Yosh: 4+

Narx: bepul

Ilovaning tili: rus tili

Dasturlash tili: JavaScript,  CSS, HTML va boshqalar

Hozircha rus tilida faqat to‘rtta kurs mavjud. Ularning har birida 20 ga yaqin vazifa bor. Bolalarga misollar yechish, shaxsiy interaktiv o‘yinlarni yozish, keyin esa ularni internetdagi boshqa foydalanuvchilar bilan muhokama qilish taklif etiladi.

6. Sheck iO

Yosh: 15+

Narxi: bepul

Ilovaning tili: rus tili

Dasturlash tili: Python, JavaScript

O‘yin Python va JavaScript bilan biroz tanish bo‘lganlarga mos keladi. Har bir bosqichda o‘yinchiga kod yozish orqali yechish kerak bo‘lgan vazifa beriladi. Ana o‘shanda keyingi bosqichga o‘tish mumkin. Eng yaxshi yechim bo‘yicha boshqa o‘yinchilar bilan musobaqalashish va tilning o‘ziga xosliklarini o‘rganish mumkin.

7. FlexBox Froggy

Yosh: 8+

Narxi: bepul

Ilovaning tili: rus tili

Dasturlash tili: CSS

CSS tilini o‘rganish uchun mantiqiy o‘yin. Darslar ko‘zaga yetishni orzu qiladigan qurbaqaga yordam berish ko‘rinishida davom ettiriladi.

8. Tynker

Yoshi: 4+

Narhi: oyiga 7 dollardan 

Ilovaning tili: ingliz tili

Dasturlash tili: JavaScript, Swift va Python

Tynker bolalarni qadam-baqadam dasturlashga o‘rgatadi: vizual bloklar bilan bog‘liq tajribalardan boshlab, asta-sekin JavaScript, Swift va Python tillariga o‘tiladi. Bu yerda o‘yin va ilovalarni yozish mumkin. Biroq ushbu dastur Minecraft o‘yinini o‘zgartirish imkoniyati tufayli mashhurlikka erishdi.

9. Kodu Gab Lab

Yosh: 8+

Narx: bepul

Ilovaning tili: ingliz tili

Dasturlash tili: Kodu

Microsoft’dan Kodu. Dasturlashning grafik tili yordamida Windows va Xbox uch o‘lchamli o‘yinlarni yasashni o‘rgatadi. Foydalanuvchilar o‘z “olamlarini” yaratib, u yerda qahramonlarni boshqaradi va bir-biri bilan hamkorlik qilishga o‘rgatadi.

10. Swift Playgrounds

Yosh: 4+

Narx: bepul

Ilova tili: ingliz tili

Dasturlash tili: Swift

Apple kompaniyasi tomonidan o‘ylab topilgan, iPad uchun Swift dasturlash tizimini o‘rganish uchun ilova. O‘yinchilar pazllarni yechishadi, qahramonlarni uch o‘lchamli olam bo‘yicha harakatlantirishadi, har bir yangi bosqichda tilning nozik jihatlarini o‘rganib borishadi. Ilovada yana haqiqiy robot uchun ham kod yozish mumkin. Uni, albatta, alohida sotib olishga to‘g‘ri keladi.

11. Dungeons & Developers

Yosh: 15+

Narxi: bepul

Ilova tili: ingliz tili

Dasturlash tili: HTML, CSS va boshqalar

Onlayn «Yer ostida» har bir kartochka alohida ko‘nikmaga o‘rgatishadi. Ularni o‘zlashtirib, keyingi bosqichlar bo‘ylab harakatlanish mumkin.

12. CodinGame

Yosh: 15+

Narx: bepul

Ilova tili: ingliz tili

Dasturlash tili: 25 ta til

CodinGame’da dasturlashning 25 dan ortiq tilni mashq qilish mumkin. Yakka tartibda o‘ynash yoki boshqa ishtirokchilar bilan musobaqalashish, shaxsiy botlarni yozish mumkin. O‘yindan tashqari, saytda dastur ishlab chiquvchilar uchun komyunitini rivojlantirishadi.

13. Code Wars

Yosh: 15+

Narxi: bepul

Ilova tili: ingliz tili

Dasturlash tili: 20 ta til

Davom etuvchilar uchun yana bir ilova. Vazifalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun mini-testdan o‘tish kerak. Keyin esa kodlar yozishadi, masalalarni yechishadi va bir-birlari bilan musobaqalashadilar.

14. Ruby Warrior

Yosh: 15+

Narxi: bepul

Ilovaning tili: ingliz tili

Dasturlash tili: Ruby

Ruby tili va sun'iy idrok texnologiyasini o‘zlashtirish uchun ikki bosqichni o‘tish kerak. Bosh qahramon – jangchi – minoraga chiqishi kerak. Yo‘lda yovuzlar bilan kurashish, tutqunlarni qutqarish va bir necha qavatni bosib chiqish kerak. Buning uchun o‘yinchi kod yozadi. Sun'iy idrok yordamida jangchi qarorlar qabul qilishi va o‘z maqsadiga erishishi mumkin.

Teglar