Alabamadagi otishmada bir kishi halok bo‘ldi, besh nafar kishining ahvoli og‘ir

  • 12:45 / 05.04.2021
  • 61

Joriy yilning 4-aprel kuni AQShning Alabama shtatidagi Birmingem shahrida yuz bergan otishma natijasida bir kishi halok bo‘ldi, uch kishi yaralandi, deb xabar bermoqda WKRG telekanali shahar politsiyasiga tayanib.

Politsiya otishma haqidagi xabarni yakshanba kuni soat 19:00 da (Toshkent vaqti bilan dushanba kuni soat 04:00 da) olgan. 

Politsiya xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, otishma mahalliy bog‘da ikki erkakning janjalidan boshlangan. Qayd etilishicha, voqea sodir bo‘lgan paytda parkda yuzlab odamlar bo‘lgan.

Hodisa natijasida bir nafar ayol vafot etdi, yana to‘rt nafar ayol va bir o‘smir yigit kasalxonaga yotqizildi. Ularning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.