Albaniyada yana zilzila sodir bo‘ldi

  • 09:50 / 02.01.2020
  • 168

“Euronews” nashrining xabariga ko‘ra, Albaniyada bugun, 1-yanvar kuni kuchi 4,2 balga teng zilzila sodir bo‘ldi

Bu safargi yer silkinishi ham Albaniya g‘arbida, ko‘hna Durres shahri yaqinida kuzatildi. Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida hozircha xabarlar yo‘q.

AQSh Geologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, zilzila epitsentri Durresdan 27 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 26-noyabr kuni Albaniyada sodir bo‘lgan 6,5 balli zilzila oqibatida 50 dan ziyod kishi halok bo‘lgan, qariyb 2000 kishi jarohat olgan edi.