Albert Eynshteyndan hayotiy saboqlar

  • 08:04 / 15.12.2014
  • 6776

Eynshteyn nafaqat fizikada haqiqiy burilish yasadi, balki, hayotiy kuzatuvlari haqida bizga ko‘plab aniq fikrlar qoldirdi.

O‘z qiziqishingga ishon

“Menda hech qanday o‘zgacha qobiliyat yo‘q. Shunchaki men o‘ta qiziquvchanman”.

Tabiiyki, Albert Eynshteyn bu borada o‘z qobiliyatini baholashda biroz kamtarlik qilgan. Bizningcha buni bilimga intiluvchanlikning ahamiyati qanchalik katta ekanligini ta'kidlash uchun aytgan. 

Yangilikka intilmasa, bilmaganlarini o‘rganishga qiziqmasa, hatto kuchli aqlga va ko‘p bilimga ega odam ham axborotning zerikarli arxiviga aylanib qoladi. Qolaversa, tarixda bilimi va kerakli uskunalari bo‘lmagan tadqiqotchilar faqat bilishga intilishi tufayligini katta kashfiyotlar qilganiga misollar yetarlidir. 

Qat'iyatlilik bebahodir

“Gap men aqlli ekanligimda emas. Gap shundaki, men muammolarni hal qilishga ko‘proq vaqt ajrataman”.

Eyshteyn maqsadga erishishda qat'iyat va qunt-matonatning o‘rni hal qiluvchi ahamiyatga egaligini ta'kidlagan yagona olim emas. Ko‘plab omadsizlik va inqirozlarga qaramay oxirigacha bora olish — buyuk shaxslarning umumiy xususiyati bo‘lgan. Ular yarim yo‘ldan qaytib, maqsadga yetib borolmagan yuzlab boshqa olimlar, yozuvchilar, sportchilar, sayohatchilardan aynan shu jihatlari bilan ajralib turishadi. 

Xato qiling

“Hech qachon xato qilmagan odam shunchaki hech qachon yangi bir nimaga erishishga urinmagan odamdir”.

Bu qancha ko‘p xato qilsangiz, shuncha ko‘p muvaffaqiyatga erishasiz, degani emas. Shunchaki Eynshteyn xatolardan qo‘rqish, ularga hayotiy fojiadek qarash kerak emasligini aytyapti. Har qanday tadqiqotda qaysidir bosqichda noto‘g‘ri natijalar bo‘ladi. Har qanday harakatda mashaqqatlar bo‘lishi mumkin. Har qanday yo‘lda ayrilishlar bo‘ladi. 

Biz har doim ham to‘g‘ri qaror qabul qilavermaymiz, ammo bu chekinishga asos bo‘lolmaydi.

Qadriyatlarni yarating

“Eng muvaffaqiyatli emas, eng qimmatli bo‘lishga intiling”. 

Ko‘pchilik “muvaffaqiyat” so‘zini xizmat darajasi yoki moddiy to‘kinlik bilan belgilaydi. Qisman bu to‘g‘ri, ko‘pincha urinishlarimizning o‘lchovi aynan pul bo‘ladi. Ammo daholigini hech kim inkor etmaydigan, biroq g‘aribligicha qolgan rassomlar, olimlar, yozuvchilar, biznesmenlar-chi?

Eynshteyn bizga boshqa o‘lchov tizimini taklif etadi, bu tizimdagi asosiy mezon odamning atrofdagilar uchun qanchalik qimmatli ekanligidir. 

Bilim tajribadan tug‘iladi

“Axborot bilim emas. Bilimning yagona manbai tajribadir”. 

Har birimiz hayotda o‘z sohasining nufuzli vakili bo‘lgan kishini uchratganmiz. Ularning gapiga har doim quloq solishadi, ularga o‘xshashni xohlashadi, kompaniyalar aksar hollardabundaylarga ish taklif qilishadi. Ularni boshqa odamlardan nimasi ajratib turadi? 

Javob bitta — tajriba. Aynan tajriba kechagi bitiruvchini o‘z ishining ustasiga aylantiradi. Har tomonlama bilimi, nazariy bilimlarga ega bo‘lish, biroq amaliyotda bu bilimlarini qo‘llay olmaydigan odamlar kam emas. Shuning uchun nazariyani yillar davomida amaliyot bilan mustahkamlash zarur. 

Qoidalarni biling, bu g‘alaba qilishga yordam beradi

“Siz o‘yin qoidalarini o‘rganib olishingiz kerak. Faqat shundan keyin boshqalardan yaxshiroq o‘ynashingiz mumkin”.

Bu gapni o‘z kashfiyotlari bilan turli qoidalarni va ilmiy aksiomalarni yo‘qqa chiqargan olimning aytishi biroz g‘alati. Shunday bo‘lsa-da, bu so‘zlardi katta ma'no bor. 

Hammamiz, istaymizmi yo‘qmi, qandaydir qoidalarga bo‘ysunamiz. Buni inkor etishga, ularni payqamaslikka urinish mumkin, biroq bu bekorga quvvat sarflashdan boshqa natija bermaydi. Mavjud qoidalarni hurmat qilish kerak, ularni yaxshilab o‘rganib, xayrli maqsadda ishlatish lozim. Qoidalar ustasiga aylangan odamgina vaqt o‘tib ularni buzishi va rad etishi mumkin. Axir Eynshteyn o‘sha paytda mavjud bo‘lgan fizik aksiomalarni o‘zlashtirmasdan turib, o‘zining inqilobiy ilmiy nazariyalarini yaratishga kirishgan, deb o‘ylash kulgili bo‘ladi, shunday emasmi? 

Tasavvur hamma narsani hal qiladi

“Tasavvur bizga kundalik hayotimizdan tashqariga nazar tashlashga imkon beradi. Tasavvur bilimdan muhimroq”. 

Tasavvur haqida gapirganda, ba'zilar bu sifat faqat bolalarga zarur, katta odamlarga esa uning umuman keragi yo‘q degan fikrni aytishadi. Bu —xato.   

Tasavvur odamning har qanday faoliyatida zarur: o‘qish, mehnat, ijod, sport — hammasi sizdan faqat bilim va tajriba emas, balki, o‘z harakatlaringiz oqibati va istalgan natijani tasavvur qilishingizni talab etadi. Yozuvchi o‘z tasavvurida asar syujyetini yaratadi, bastakor — bo‘lajak musiqaning notalardagi suratini, muhandis yangi qurilmalarni o‘ylab topadi. Odamning tasavvuri qanchalik boy bo‘lsa, shunchalik yuksakka ko‘tarilib, ko‘proq yutuqlarga erisha olishadi.