AlbertClock: Soat necha bo‘lganini o‘zingiz hisoblab oling  

  • 14:55 / 02.12.2019
  • 232

Ko‘pchilik maktabda matematika darsi orqali yoddan hisoblashni o‘rgangan. Maktabni bitirgach esa, ko‘pchilik buni esdan chiqaradi. Agar zarurat bo‘lsa, kalkulyatordan foydalaniladi. 

Mutaxassislar yoddan hisoblash ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida AlbertClock  soatini ishlab chiqdi. Bu soat aniq vaqtni ko‘rsatmaydi. Aniq vaqtni bilish uchun undagi oddiy matematik amallarni bajarish lozim bo‘ladi. Soat dastlab maktablar, sinf xonalari uchun mo‘ljallangan edi. Uning aniq vaqtni tez hisoblab chiqishga mo‘ljallangan dizayni uy va ishxonalarda ham  qo‘l kelmoqda, deb xabar beradi Mydiscoveries.ru nashri.

Teglar