Aleksandr Usikning Joshuaga qarshi jang uchun kafotlangan gonorari maʼlum boʻldi

  • 20:59 / 22.09.2021
  • 124

Superogʻir vazn toifasida WBO kamariga rasmiy daʼvogar Aleksande Usik britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi jang uchun qancha gonorar olishi maʼlum boʻldi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.

Maʼlum boʻlishicha, ukrainalik bokschi jahon chempioniga qarshi jang uchun kafolatlangan 3 million funtga ega boʻladi. PPV pullik translyatsiyalar sotuvi 450 mingtadan oshadigan boʻlsa, gonarar 5 million funtgacha koʻtariladi.

Oʻz navbatida Joshuaning ushbu jang uchun kafotlangan gonorari 15 million funtni tashkil etadi. Pullik translyatsiyalar sotuvidan ham qoʻshimcha gonarar olishi maʼlum qilingan.

Eslatib oʻtish mumkin, Joshua hamda Usik oʻrtasidagi jang 25-sentyabr kuni Londondagi “Tottenhem” stadionida boʻlib oʻtadi.