Aleksey Navalniy II Jahon urushi qatnashchisiga tuhmat qilganlikda ayblandi 

  • 11:27 / 16.06.2020
  • 414

Rossiya hukumati muxolifat rahbari, Vladimir Putinning ashaddiy tanqidchisi Aleksey Navalniy II Jahon urushi faxriysiga tuhmat qilganlikda ayblanib, unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Yirik jinoyatlar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqadigan tergov qo‘mitasining dushanba kuni bergan ma’lumotiga ko‘ra, Navalniy Putinning konstitutsiyada ko‘zda tutilgan normalarga zid ravishda prezidentlikka qayta tayinlanishini yoqlab intervyu bergan 93 yoshli II Jahon urushi qatnashchisini “umumxalq ovoziga qo‘yiladigan konstitutsion islohotlarni qo‘llab-quvvatlaganlikda” ayblagan

2-iyun kuni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan postida Navalniy referendumni  qo‘llab-quvvatlaganlarni vijdonsiz xoinlar va korrupsionerlar deya ta'riflagan. Qo‘mita o‘z sharhida Navalniyning so‘zlari «Ulug‘ Vatan urushi faxriysi sharafi va qadr-qimmatini kamsituvchi noto‘g‘ri ma'lumotlar" bo‘lganini aytdi.

Tanqidchilar konstitutsion to‘ntarish deb baholagan islohotlarga ovoz berish 22-aprelga belgilangan edi, ammo mamlakatda koronavirus infeksiyasining ko‘payib ketishi sababli qoldirildi. 1-iyulda o‘tishi belgilangan referendum 67 yoshli Putinga 2024-yilda to‘rtinchi marta prezidentlik vakolati tugashi bilan yana prezidentlikka nomzod bo‘lish va 2036-yilgacha hokimiyatda qolishga imkon beradi.