Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro mukofot ta’sis etiladi   

  • 09:28 / 01.04.2021
  • 81

Bu haqda kecha, 31-mart kuni bo‘lib o‘tgan Turkiy Kengashning videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan norasmiy sammitida ma’lum qilindi.
Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham nutq so‘zladi.

Prezident o‘z nutqida O‘zbekiston tomoni Bokuda o‘tkazilgan sammitda adabiyot va san’at sohasida Xalqaro mukofotni ta’sis etish tashabbusini ilgari surganini eslatib, tashkilotga a’zo davlatlarning xalqaro mukofot ta’sis etish haqidagi taklifni ma’qullaganlari uchun minnatdorchiligini bildirdi.

“Biz buni barcha turkiy xalqlarning iftixori bo‘lgan – Navoiyga yuksak ehtirom, deb qabul qilamiz. Bu nufuzli mukofotning ta’sis etilishi turkiy birlik ruhini mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz”, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, Prezident Tashkilot oldida turgan masalalar Turkiston deklaratsiyasida o‘z ifodasini topgani va uni O‘zbekiston tomoni ham qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.