Alp tog‘laridagi devor va shiftlarsiz qurilgan mehmonxona

  • 14:41 / 29.11.2019
  • 706

Shveysariya Alp tog‘larining o‘rtasida, ehtimol, eng noodatiy “Null Stern” mehmonxonasi ochilgan va uning atigi bitta xonasi bor. Xonada divan va ko‘rpadan boshqa narsa, hatto devorlar va shiftlar ham yo‘q. U tog‘ manzarasining ajoyib ko‘rinishini, kechasi esa yulduzli osmonning go‘zalligini namoyish etadi. U yerda yomg‘ir ham yog‘adi, albatta!

Mehmonxona Shveysariya Alp tog‘lari markazidan taxminan 2 ming metr balandlikda joylashgan. U yerda bir kecha tunash narxi – 210 dollar.

Divan uchun yer tekislangan.

Mehmonxonada na devor va na shift bor, hatto hammom ham yo‘q. Divanni ikki tomoniga stul va lampalar qo‘yilgan. Hojatxona esa 5 daqiqalik masofada joylashgan.

Mehmonlar tog‘lar va yulduzli osmonning panoramik ko‘rinishidan bahramand bo‘lishlari mumkin.

Biroq, oddiy mehmonxonalar singari, Null Sternda ham shaxsiy xizmatkorlar ishlaydi.

Xizmatkorlar yaqin atrofdagi uyda yashaydi.

Ular nonushta, tushlik va kechki ovqatni taqdim etadi.

Agar ob-havo yomon bo‘lsa, mehmonxona mehmonlari oldindan qilgan buyurtmalarini bekor qilishlari mumkin.