Amazon sotilmagan tovarlarga nisbatan qanday yo‘l tutadi: jurnalistlar masalaga oydinlik kiritishdi

  • 11:40 / 10.06.2019
  • 586

Amazon onlayn-riteyleri sotilmagan tovarlar, jumladan narxi yuzlab dollar bo‘lganlarini ham ommaviy ravishda yo‘q qiladi. Daily Mail jurnalistlari bu haqda ma'lumotga ega bo‘lishdi.

Muxbirlar Angliya g‘arbidagi Uest-Midlendsdagi Uest-Midlends omborxonasida o‘zlarini ishchilar sifatida ko‘rsatib, omborxonadagi “yo‘q qilish zonasi” ni yashirin kamerada tasvirga olishdi.

Kompaniya televizor, kitob, taglik va sotilmagan boshqa tovarlarni ham yo‘q qiladi. Jurnalistlar chiqindi idishlarida kompaniya yo‘qotishni istagan, muhrlangan tovarlarni ko‘rishgan. Dronga o‘rnatilgan kameralar omborxonadan chiqindixonaga va chiqindilarni yo‘q qilish markaziga tashigan yuk mashinani kuzatgan.

Amazon yarim yil ichida sotib olinmagan tovarlarni saqlash uchun kompaniyalardan yuqori to‘lovni talab etadi. Kompaniya omborxonadagi bir kvadrat metr uchun 22 funt o‘rniga 430 funt, bir yildan keyin esa – 860 funt to‘laydi. Odatda, yetkazib beruvchilar bu mablag‘ni to‘lashga tayyor emas. Shuning uchun ham Amazon mahsulotni yo‘q qiladi.

DailyMail’ning xabar berishicha, Amazon xodimlari mahsulotlar yo‘q qilinishi haqidagi savollarga javob berishni rad etgan. Kompaniya vakili omborxona xayriya tashkilotlari bilan hamkorlik qilishi va sotilmagan tovarlar ularga berilishini aytgan.

Teglar