Amazon’da xodimlar robotlar tavsiyasiga ko‘ra ishdan ketkaziladi

  • 16:44 / 11.06.2019
  • 361

Zamonaviy dunyoda sun'iy idrokning u yoki bu muvaffaqiyatlari haqida faxrlanib maqtanish, ular zerikarli va bir xil turdagi ishda inson o‘rnini bosayotganiga xursand bo‘lishni kuzatish mumkin. Robotlarda zamonaviy dunyo uchun tahdidni ko‘rgan kishilarning fikriga ko‘pincha quloq solishni istashmaydi, ularni robotofobiya va rivojlanishdan qo‘rqishda ayblaydilar. Biroq sayyoraning turli burchaklaridagi kishida salbiy hislar uyg‘otadigan yangiliklar sodir bo‘lmoqda: robotlar insonlarni ko‘plab sohalardan siqib chiqarish bilan birgalikda o‘z xulqi bilan ko‘plab savollarni yuzaga chiqarmoqda. Masalan, Amazon kompaniyasida sodir bo‘layotgan holat ham bunga misol bo‘ladi.

Amazon kompaniyasi dunyoning ko‘plab yirik mamlakatlarida o‘z vakolatxona va filiallariga ega. Uning shtatida 600 mingdan ortiq xodim bor. Kompaniya rahbariyatining siyosati o‘z xodimlariga nisbatan qat'iy talablari bilan farqlanadi. Bu yerda xodimlar samaradorligini oshirish uchun kurashiladi, shuning uchun kompaniya omborxonalarida ishni kuzatuvchi maxsus robotlarning mavjudligi ko‘pchilikni hayron qoldirmaydi. Biroq ishchilarning o‘zi bu holatdan mamnun emas.

Maxsus tizim xodimlarning harakatlanishi, ularning ishlash tezligi, ish joyida ekanliklarini kuzatadi. Kun davomidagi barcha qoida buzishlar hisoblab boriladi va yomon ishlaydigan xodimni ishdan bo‘shatilish kutadi. Albatta, tizim ishini ishdan ketish bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qiladigan maxsus xodimlar kuzatadi, shunga qaramay, birlamchi axborotni olish bilan aynan robotlar shug‘ullanadi.

Omborxona xodimlari robotlashtirilgan josus-tizimi mavjudligi sabab ishdagi zo‘riqishning yuqori ekanini qayd etishgan. Ularning fikriga ko‘ra, bema'ni narsalar ham ishdagi tartibni buzish hisoblanadi, bu esa oxir-oqibat, sababsiz ayblovlar va ishdan haydashga olib keladi. Sun'iy idrokning ishi natijasiga ko‘ra har yili minglab xodimlar ishdan bo‘shatiladi. Biroq kompaniya rahbariyatini bu noqulay holatga solmaydi. Amazon kompaniyasida odamlar yaxshiroq ishlashi lozim, robotlar esa bunda ularga yordam beradi deb hisoblashadi.

Teglar