Amerika arxitektorlar instituti Honor Awards for Architecture g‘oliblarini ma'lum qildi

  • 08:55 / 18.02.2019
  • 3049

Amerika arxitektorlar instituti joriy yil arxitektura tanlovi g‘oliblari ro‘yxatini ma'lum qildi. Devid Ajayye afroamerikan muzeyi, Virjiniyadagi rekonstruksiya qilingan universitet binosi va muzeyga aylangan Ikkinchi jahon urushi davri bunkeri eng yaxshi inshootlar qatorida.

AIA mukofoti AQShdagi litsenziyaga ega arxitektorlar hakamlar hay'ati tomonidan baholangan eng yaxshi arxitektura loyihalarini qayd etadi. Yer sharining istalgan burchagida joylashgan inshoot g‘olibga aylanishi mumkin. Shu bilan birga innovatsion loyiha uchun ham, mavjud bo‘lgan bino reinnovatsiyasi uchun ham mukofot egasiga aylanish mumkin.

Smitsonlar tarix va madaniyat milliy muzeyi — Vashington, AQSh

Aqlli fabrika — Illinoys shtati, AQSh

Tirpits muzeyi — Blavand, Daniya

Crosstown Concourse — Memfis, Tennessi, AQSh

Starter Home No. 4-15 — Yangi Orlean, AQSh

Keysi-xaus — Toronto, Kanada

Virjiniya universitetida rotondoning qayta tiklanishi — Sharlotsvill, Virjiniya, AQSh

Arlington boshlang‘ich maktabi — Takoma, Vashington, AQSh

Konfluyens bog‘i — San-Antonio, Texas, AQSh

Teglar