Amerikadagi musulmonlar Jorj Floyd o‘limiga munosabat bildirdi

  • 12:29 / 16.06.2020
  • 1549

AQSh musulmonlari ko‘cha namoyishlari, bayonotlar, va’zlar va vebinarlarda irqchilikka qarshi chiqib, islohotlarni muhokama qilishmoqda.

Amerika musulmonlarining 90 dan ortiq tashkiloti qo‘shma bayonot qabul qildi. Taklif etilayotgan o‘zgartirishlar  orasida irqiy kamsitishni taqiqlash va miyaga qon yoki kislorod oqimini cheklaydigan harakatlarni to‘xtatish, prokurorlarning huquqni muhofaza qilish idoralari ustidan javobgarligini oshirish va politsiya mablag‘larini “sog‘liqni saqlash, ta’lim, bandlik va uy-joy dasturlariga” yo‘naltirish  kabi talablarni ko‘rish mumkin.                                                                                                                

"Men bayonotga qo‘shilgan guruhlarning soni va rang-barangligidan xursandman, – degan  Musulmonlarni sog‘lomlashtirish jamg‘armasi prezidenti Kamel Rashad. 
– “Tan olish kerakki, biz islomofobiyani, irqchilikni, ta’qibni va zo‘ravonlikni haqiqiy islomdan ajratolmaymiz”. Bayonotda, shuningdek, kuch ishlatishni faqat eng oxirgi chora sifatida saqlash kerakligi, uni kerak bo‘lganda va barcha oqilona imkoniyatlar tugagandan keyingina qo‘llash kabi talablar ilgari surilgan.