Amerikalik  tadbirkordan o‘zlashtirish kerak bo‘lgan 6 ta foydali tamoyil

  • 17:58 / 24.10.2018
  • 5265

Vaqtni samarali rejalashtirish, majburiyatlarni taqsimlash, muloyimlik va mustaqillik bularning bari – har qanday tadbirkor uchun foydali bo‘ladi.

Amerikalik tadbirkorlarga xos bo‘lgan umumiy jihatlar quyidagilardan iborat:

Foto: Pixabay

1. O‘ta dabdabali kiyinmaydi

Kompaniyaning zamonaviy rahbarlari ishbilarmon kishi imidji haqida g‘amxo‘rlik qiladi.Kiyinish uslubi qimmatbaho soat va kostyumlardan xoli.

2. Suhbatdoshi bilan muloyim

Uchrashuvda amerikalik biznesmenlar sezgir va muloyim. Ko‘pincha bu ularga muzokaralar davomida suhbatdoshini rad etish yoki fikrini yuziga aytish imkonini bermaydi. Haqqoniy javob (brutally honest feed back) – ishonchning eng yuqori shakli bo‘lib, unga erishish oson emas. Inkorni amerikaliklar nice yoki sounds good kabi so‘zlar bilan berkitishni afzal bilishadi. Ular  bilan ilk  marta muloqot qilayotganlar to‘g‘ri tushunmaydi. Biroq aslida bu «Kechirasiz do‘stim, biroq bu quruq safsata» degan ma'noni anglatadi.

Foto: Pixabay

3. Kunini aql bilan rejalashtiradi

AQShdagi  tadbirkorlar ish va shaxsiy hayotni birgalikda olib borishni bilishadi. Ko‘pincha ular o‘z vaqtini sinchkovlik bilan rejalashtiradi. Amerikalik odam  vaqtli uyg‘onadi, ish kuni u uyg‘ongan vaqtdan boshlanadi. Ertalab soat sakkizdan nonushta ustida bo‘ladigan ishbilarmonlikka oid uchrashuvlar  Business lunch meeting – odatiy hol.

Umuman olganda amerikalikning ishga munosabatini birgina gapbilan tasvirlash mumkin: «Businessis a betterlife» (Biznes bu – yaxshiroq hayot).Bu yerda ish hayotiy siklga  tabiiy  ravishda bog‘lanadi. Albatta AQShlik tadbirkorlar uchun  ham holidays tushunchasi mavjud. Ammo u hatto ta'tilida ham o‘z ishining rivoji uchun foydali mashg‘ulot bilan shug‘ullanadi. Ish va odatiy to do list (ishlar ro‘yxati) amerikalik uchun yagona narsa deyish mumkin.

4. Vaziyatlarga bog‘liq bo‘lmaslikka harakat qiladi

Amerikalik tadbirkorlar hech narsaga bog‘liq bo‘lmaslikka harakat qilishadi. Bu xoh begona biznes, xoh samarasiz yechimlar yoki mos kelmaydigan texnologiyalar bo‘lsin. Mashhur Tesla bunga yaxshi  misol. O‘zining Model 3 ni ishlab chiqarishda kompaniya qurilmani yetkazib beruvchi sabab muammolarga duch keldi. Ularni hal qilish uchun Tesla avtoni yig‘uvchi robotlar ishlab chiqaruvchisini sotib oldi. Startaplar uchun bunday qarorlar qiyinlik qiladi, biroq ular jarayonni nazoratga olib,  non-addiction – mustaqillikka erishishga harakat qilishadi.

Foto: Pixabay

5. Mehnatning tushunarli taqsimotini xush ko‘radi

Ixtisoslashish – mitti korxonalar ham, Apple, Uber, Google yoki Zappos kabi korporatsiyalar ham hozirda qayta yotgan narsa. Har bir xodimning vazifasi  aniq belgilangan va  o‘z vaqtida bajariladi.

Hisobchi suv ballonini o‘rnatish uchun ofis-menejyer ortidan yugurib yurmaydi. Kichik ishlar uchun ham mas'ul shaxs belgilanadi.

6. Kompaniya va uning har bir ishtirokchisi oldiga aniq maqsadlar qo‘yadi

Har bir xodim jamoa qanday global maqsadga erishishi kerakligini aniq biladi va muayyan muddatga o‘zi uchun maqsadni shakllantiradi (misol uchun, ikki hafta va bir oylik). Exact   goal setting, ya'ni maqsadni aniq sozlash xodimlarga rahbarni kutib o‘tirmay, mustaqil harakat qilish imkonini beradi. Bu ishga ham o‘zgacha ma'no beradi: nima uchun harakat qilayotganini  bilsa, yuz foiz kirishish oson bo‘ladi.

Xodimlar bajarayotgan vazifalar ularni maqsadga maksimal darajada tez va minimal xarajatlar bilan borishlari sari yetaklaydi. Maqsadlar zanjiri – hier  archyo fobjectives bunda xodimlarga qo‘l keladi. Muhim vazifalar haqida aloqaning umumiy korporativ kanallari (inglizchada unity of action – harakatlar birligi) orqali esga solinadi. Barcha odamlarning ishi shaffof bo‘lsa, jarayonda yo‘nalish olish osonroq kechadi.

Teglar