Amerikalik videobloger suv yordamida gulxan yoqdi

  • 13:43 / 13.10.2016
  • 7565

Taniqli amerikalik videobloger Grant Tompson YouTube’dagi kanalida o‘rmonda gugurt va yondirgichga ega bo‘lmay turib, faqatgina suv solingan sellofan paket yordamida qanday qilib olov yoqish mumkinligi ko‘rsatdi.

Tompson tajriba davomida oddiy sellofan paketga oqar suvdan solib, undan o‘ziga xos kattalashtiruvchi oyna yasagan. Videoda Tompson bu moslamasi yordamida quyosh nurlarini quruq daraxt po‘stlog‘iga mujassamlashtirib, uni tutatadi. Shundan keyin videobloger tutayotgan po‘stloqni quruq o‘t g‘ujumiga yoyib chiqadi. U ikki daqiqa davomida g‘ujumga puflab, o‘tni alanga oldirib, gulxan yoqishga muvaffaq bo‘ladi. 

Xuddi shunga o‘xshash olov yoqish usulini yozuvchi Jyul Vernning "Sirli orol" romanida muhandis Sayrus Smit qo‘llagan. Romanda havo sharida falokatga uchrab va olov yoqish uchun hech qanday moslama yoki vositasiz kimsasiz orolga tushib qolgan mustamlakachilar gulxan yoqish uchun o‘z soatlaridan oynalarini chiqarib olib, ularni bir-biriga ulab, hosil bo‘lgan bo‘shliqqa suv quyib, shu tariqa kattalashtiruvchi oyna yasashadi.

Grant Tompson o‘zini "Tasodiflar qiroli" deb ataydi va o‘z videoblogida ko‘plab layfxaklar (biror yumushni osonlashtiruvchi yo‘li) haqida so‘zlab beradi va turli qiziqarli tajribalar amalga oshiradi.

Teglar