Andijon shahri hokimi Dilmurod Rahmatullayev ishdan olinadi

  • 14:17 / 25.08.2019
  • 1348

Foto : Kun.uz

26-avgust kuni Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov ishtirokida o‘tkaziladigan yig‘ilishda Rahmatullayev lavozimidan ozod etilgani ma'lum qilinadi va shaharning yangi hokimi tanishtiriladi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Dilmurod Rahmatullayev 2016-yildan buyon Andijon shahriga hokimlik qilib kelayotgandi.

U 2017-yilning kuzida Andijon shahridagi qator ta'lim muassasalarining rahbarlarini nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilgani tasvirlangan audioyozuvlar tarqalib ketganidan keyin internetda mashhur bo‘lgandi. 

Dilmurod Rahmatullayev 2018-yilning aprelida bosh vazir ishtirokida o‘tkazilgan videoselektorda shahar ko‘chalarini obodonlashtirish uchun, byudjet tashkiloti xodimlari, jumladan, maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlarini tadbirkorlardan gul va daraxt ko‘chatlarini ancha qimmat narxga sotib olishga majburlagani uchun hayfsan olgan, bosh vazir u oxirgi marta ogohlantirilayotganini ma'lum qilgandi.