Andijon va Buxorodagi 10 ta yetakchi maktabda pedagogik sinflar tashkil etiladi

  • 12:02 / 07.04.2021
  • 63

Joriy yil 6-apreldagi Hukumatning tegishli qarorlariga ko‘ra, o‘quvchilarni pedagogik kasbga yo‘naltirish maqsadida yo‘lga qo‘yilayotgan ushbu tartibga muvofiq:
– 3–4-sinf o‘quvchilari uchun “O‘qish va matematik savodxonlik bo‘yicha sinflar”;
– 8–9-sinf o‘quvchilari uchun “Matematik va tabiiy fanlar savodxonligi bo‘yicha sinflar”; 
– 10–11-sinf o‘quvchilari uchun “Pedagogik sinflar” tashkil etiladi.

Shuningdek, tegishli qarorlari bilan Andijon va Buxoro davlat universitetining Pedagogika institutlari faoliyati tashkil etildi va ularning asosiy vazifalari belgilandi.
Unga ko‘ra, 2021–2022-o‘quv yilidan ushbu OTMlarda pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul to‘xtatiladi.