Andijonda fuqaroning intim videolarini internetda tarqatmaslik uchun undan $10 ming so‘ragan shaxslar qo‘lga olindi

  • 11:26 / 12.09.2021
  • 279

Andijon viloyatida fuqaroning ayol kishi bilan bo‘lgan intim videolarini internetda tarqatmaslik uchun undan $10 ming so‘ragan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 6-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIVga fuqaro B.A ariza bilan murojaat qilib, tanishi “Laziz” va “Xalilullo” ismli shaxslar joriy yilning 4-sentabr kuni uni Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumanida joylashgan “Laziz” ismli shaxsning yashash xonadoniga olib borib, unga nisbatan kuch ishlatib, unga tegishli bo‘lgan “Iphone 12 pro max” rusumli uyali telefonini tortib olishgan. Telefondadagi u bilan ayol kishi o‘rtasidagi intim videotasvirlarini internet tarmog‘i orqali tarqatib yuborish bilan tahdid qilganini aytgan. Bu tasvirlarni tarqatmaslik evaziga 10 ming AQSH dollari va uyali telefonini qaytarib berish evaziga yangi “Iphone 12 pro max” rusumli uyali telefon uchun 1 150 AQSH dollari, jami 11 150 AQSH dollari berishini talab qilayotganliklarini ma’lum qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu arizaga asosan, joriy yilning 7-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Andijon viloyati IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqarolar L.X. va X.I. Andijon shahar, O‘zbekiston ko‘chasidagi 48-maktab tashqi tomonida ariza muallifidan 10 ming AQSH dollarini olgan vaqt ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindilar.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “b,v,” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, L.X. va X.I.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda

Teglar