Andijonda ikki yil ichida 16 ta raqamli texnologiya markazlari ochiladi

  • 13:37 / 25.05.2020
  • 64

Andijon viloyatida joriy yil yakuniga qadar 6 ta raqamli texnologiyalar o‘quv markazi, 2021-yil yakuniga qadar barcha shahar va tumanlarda jami 16 ta AT-Markazlar ochilishi rejalashtirilgan hamda yiliga 5 mingdan ziyod yoshlarni o‘qitish va axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi o‘qituvchilarning malakasini oshirish imkoniyati yaratiladi.

2020-yil yakuniga qadar viloyatdagi 764 ta o‘rta umumta‘lim maktablaridagi 19,2 ming nafar 7–11-sinf o‘quvchilarini “Bir million o‘zbek dasturchilari” (“One Million Uzbek Coders”) loyihasi doirasida o‘qitish va o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga onlayn tizimda (sirtqi) o‘qishga qabul qilish belgilangan.

Shuningdek, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmasini oshirish maqsadida Andijon “Digital city” texnopark rezidentlari bilan turli xil amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya darslari o‘tkaziladi, qo‘shma loyihalar, frilans hamda startap loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Usbu tadbirlarni amalga oshirish natijasida 2022-yil yakuniga qadar Andijon viloyati bo‘yicha AKTga istisoslashgan 4 mingdan ziyod malakali mutaxassislar va yangi ish joylari yaratiladi.