Andijonda Spark urib yuborgan ikki nafar qiz shifoxonaga yotqizildi

  • 19:05 / 14.09.2021
  • 161

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda Spark haydovchisi ikki nafar piyodani urib yuborgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan YHXBB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha 12-sentabr kuni soat 16:00 larda Andijon shahar Bobur shoh ko‘chasida joylashgan “Abu saxiy” savdo do‘koni yaqinida haydovchi, 1997-yilda tug‘ilgan F.N. Spark rusumli avtomobilda harakatlanayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan, voyaga yetmagan, 2005-yilda tug‘ilgan M.B hamda 2011-yilda tug‘ilgan M.A.larni urib yuborgan.

Natijada ikkala piyoda ham tan jarohatlari olib viloyat shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Andijon shahar IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Teglar