Andijonda yer qimirladi. Zilzila epimarkazi Qirg‘izistonda ekanligi aytilmoqda

  • 10:14 / 12.06.2020
  • 375

Andijonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila epimarkazi Qirg‘izistonda, deya xabar qilmoqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.

Xabarda aytilishicha, bugun, 12-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 09:30 da (Grinvich bo‘yicha 04:30 da) Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘lgan. 

40,76 gradus shimoliy kenglik va 73,04 gradus sharqiy uzunlikda kuzatilgan zilzila magnitudasi 3,4 ball ekanligi aytilmoqda. 

Zilzila epitsentri 10 km. chuqurlikda bo‘lib, janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha Toshkentgacha masofa 326 km. masofada joylashgan.

Zilzila O‘zbekiston hududida – epitsentrdan 59 km. uzoqlikda joylashgan Andijon viloyati hududida ham magnitudasi 2 balli zilzila kuzatilgan.

“O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi. Talafotlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi”, deyiladi FVV xabarida.