Android 10 ning asosiy funksiyalari nimalardan iborat?

  • 15:09 / 04.09.2019
  • 373

Google o‘zining yangi operatsion tizimi – Android 10 ni chiqardi. Hozircha undan  faqatgina Pixel smartfoni egalari foydalana olishadi. Operatsion tizimning boshqa foydalanuvchilarida tizimni kelasi yil yangilash imkoni bo‘ladi, deyilmoqda Google blogida. 

“Ushbu versiyada asosiy e’tibor mashinalashgan ta’lim hamda yangi texnologiyalar – egiluvchan ekranlar va 5G asosida kundalik hayotni osonlashtirishga qaratilgan. Bundan tashqari, operatsion tizimga konfidensiallik va xavfsizlikka oid 50 ga yaqin o‘zgartirish kiritdik”, – deya qayd etadi kompaniya xabarida.

Androidda qanday yangiliklar bor?

•  Aqlli javoblar
Sun’iy intellekt xabar matnini tahlil qiladi, balki ehtimoliy xatti-harakatlarni taklif etadi. Masalan, foydalanuvchiga uchrashuv joyini yuborishgan bo‘lsa, Android 10 bu joyni xaritada ochishni taklif qiladi. Ushbu funksiya barcha messenjerlarda ishlaydi. 

•  Tugmalaar o‘rniga qo‘l harakatlari bilan amalga oshiriladigan  navigatsiya
•  Qorong‘u mavzu

•  Jonli subtitrlar
Ushbu funksiya foydalanuvchi moslamada ko‘rayotgan har qanday videoga, hatto uning o‘zi tomonidan olingan bo‘lsa ham, subtitr qo‘shadi. 

• Ovoz kuchaytirgich 
Ushbu funksiya musiqa va podkastlar tinglayotganda, video ko‘rayotganda fondagi shovqinni filtrlaydi va asosiy ovozni yaxshilaydi.

•  Shaxsiylik
“Shaxsiylik” bo‘limi sozlamalarida endi target reklamani o‘chirib qo‘yishingiz, shaxsiy ma’lumotlar to‘planishini cheklashingiz va ba’zi dasturlarning o‘z joylashgan yeringizni aniqlashini taqiqlashingiz mumkin. 

 

•  Konsentratsiya rejimi
Ushbu funksiya foydalanuvchi tomonidan chalg‘ituvchi deb belgilangan dasturlarni  vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yadi.

•  Ota-onalar uchun rejim
Bu rejim yordamida ota-onalar farzandlarining smartfonda sarflayotgan vaqtini cheklashi, ularning qaysi dasturlarni qancha vaqt ishlatayotganini kuzatib borishi va joylashgan yerini nazorat qilishi mumkin.