Android 10 smartfonni quvvatlanish vaqtida yonishdan himoya qiladi 

  • 11:43 / 06.09.2019
  • 289

Yaqinda Android 10ning rasmiy relizi boʻlib oʻtdi. Aniqlanishicha, tizim smartfon USB-portiga chang yoki suyuqlik tushgani, shuningdek, qizib ketganini aniqlay oladi. Zaruriy hollarda u foydalanuvchi tomonidan chora koʻrilgunicha portni oʻchiradi.

Chang yoki suyuqlik tushganida ham Android oʻchirilishi kerakligi haqidagi xabarnomani koʻrsatadi. Siz tizim smartfondan foydalanish xavfsiz degan qarorga kelgandagina undan foydalana olasiz. Istasangiz, quvvat oldirish vaqtida yonish xavfi yuzaga kelganida portni qoʻlda oʻchirishingiz mumkin boʻladi.

Защита от возгорания в Android 10

Автоматическое отключение USB-порта в Android 10

USB-S qizib ketganida smartfon quvvat oldirish qurilmasini oʻchirishni taklif qiladi. Foydalanuvchi OK tugmasini bosish bilan cheklanishi yoki haroratni pasaytirish bilan bogʻliq tavsiyalarni koʻzdan kechirishi mumkin. Aks holda xabarnoma ekrandan yoʻqolmaydi. Android 10 60 daraja issiq haroratni xavfli, 65 daraja issiqni esa – halokatli koʻrsatkich deb hisoblaydi. 

Teglar