Angkor-Vat fillarda sayohat qilishni taqiqladi

  • 10:22 / 28.11.2019
  • 42

Keyingi paytlarda dunyo bo‘ylab fillarda sayohat qilishga qarshi ko‘plab norozilik harakatlari amalga oshirilib kelinardi. Nihoyat ushbu sa’y-harakatlar ilk natijasini berdi. Gap shundaki, Kamboja hukumati Angkor-Vat diniy qo‘riqxonasida fillarda sayohat qilishni to‘xtatmoqchi. Kelgusi yil boshidan boshlab ushbu go‘zal hududda gigantlarga minib shahar aylanish imkoni bo‘lmaydi.

На территории комплекса Ангкор-Ват наконец-то запретят кататься на слонах

Bularning barchasiga 2016-yildagi fojia sabab bo‘ldi. O‘shanda sayyohlar minib olgan fillardan biri charchoqdan yiqilib, halok bo‘lgandi.

На территории комплекса Ангкор-Ват наконец-то запретят кататься на слонах

O‘tgan yili ham xuddi shu sabab bilan yana bir fil o‘lgandi. Ikkinchi filning o‘limidan keyin o‘n to‘rt ming kishi bunday sayohat qilish usulini taqiqlash to‘g‘risida qarorga imzo chekishdi. Mahalliy fillarni himoya qilish qo‘mitasi a’zolarining fikriga ko‘ra, sayohatchilar bu ajoyib hayvonlarni tomosha qilishlari va ularni suratga olishlari mumkin, ammo ulardan transport vositasi sifatida foydalanish taqiqlanadi.

На территории комплекса Ангкор-Ват наконец-то запретят кататься на слонах

На территории комплекса Ангкор-Ват наконец-то запретят кататься на слонах

Ma’lumot uchun, Angkor-Vat – sayyoramizdagi eng yirik diniy yodgorliklardan biri hisoblanadi. Har yili u yerga ziyorat qilish maqsadida ikki yarim milliondan ziyod sayyoh tashrif buyuradi.

На территории комплекса Ангкор-Ват наконец-то запретят кататься на слонах