Angliya Liga kubogi: “Manchester Yunayted” turnirni tark etdi

  • 09:40 / 23.09.2021
  • 110

Kecha Angliya Liga kubogining 3-bosqich uchrashuvlari davom ettirildi. Kunning eng katta tasodifi Manchester shahrida qayd etildi. “Old Trafford” stadionida “Vest Xem” klubini qabul qilgan mezbonlar kutilmaganda mag‘lub bo‘lishdi va turnirni erta tark etishdi. Shuningdek, “Chelsi” va “Tottenxem” jamoalari penaltilar seriyasidan so‘nggina keyingi bosqichga yo‘l olishgani e’tiborga molik.

Angliya Liga kubogi, 3-bosqich

“Brayton” – “Suonsi” - 2:0
Gollar: 1:0 – 33 Konnolli, 2:0 – 38 Konnolli.
Ogohlantirish: Uilyams (45), Dauns (73), Kuper (90).

“Vulverxempton” – “Tottenxem” - 2:2, penaltilar bo‘yicha - 2:3
Gollar: 0:1 – 14 Ndombele, 0:2 – 23 Keyn, 1:2 – 38 Dendonker, 2:2 – 58 Podense.
Ogohlantirish: Fabiu Silva (16), Ruben Nevesh (47), Ndombele (83).

“Milluoll” – “Lester” - 0:2
Gollar: 0:1 – 50 Lukman, 0:2 – 88 Ixeanacho.

“Arsenal” – “Uimbldon”  - 3:0
Gollar: 1:0 – 11, penalti Lyakazett, 2:0 – 77 Smit-Rou, 3:0 – 80 Nketia.
Ogohlantirish: Makkormik (30), Xenegan (45).

“Chelsi” – “Aston Villa” - 1:1, penaltilar bo‘yicha 4:3
Gollar: 1:0 – 54 Verner, 1:1 – 64 Archer.

Ogohlantirish: Sarr (31), Yang (86), jeyms (90).

“Manchester Yunayted” – “Vest Xem” - 0:1
Gol: 0:1 – 9 Lansini.
Ogohlantirish: Nobl (57)