Angliya maktablarida yangi – anglash fani o‘qitiladi

  • 07:09 / 16.02.2019
  • 2588

«Angliyadagi o‘quvchilar matematika, ilm-fan va tarixni o‘rganishadi, biroq endilikda yuzlab maktablar o‘zlarining an'anaviy jadvallarini kengaytirish va yangi – anglash fanini o‘qitishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda», - deya xabar bermoqda The New York Times Buyuk Britaniya hukumati bildirgan xabarga tayanib.

«Angliyadagi 370 dan kam bo‘lmagan maktab o‘quvchilari yoshlarning ruhiy salomatligini yaxshilashga qaratilgan tadqiqot doirasida anglashni amaliyot sifatida o‘tishni boshlaydilar, - deya yozadi gazeta. - Xotirjam bo‘lish texnikalari, nafas mashqlari va boshqa usullar o‘quvchilarga ularning hissiy holatlarini muvofiqlashtirishda yordam beradi».

Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash xizmati tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotdan so‘ng ana shu tashabbus haqida ma'lum qilingan. Tadqiqot Angliyada 5 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan har sakkizinchi bola 2017 yildagi tadqiqot o‘tkazilish vaqtida kamida bitta ruhiy buzilishdan aziyat chekishini ko‘rsatgan. Natijalari o‘tgan yilning noyabr oyida e'lon qilingan tadqiqotda 5-15 yosh guruhlari ruhiy buzilishlar miqdori 1999 yildagi 9,7 foizga qaraganda 2017 yilda 11,2 foizga ortgani qayd etilgan. Xavotir va tushkunlik eng ko‘p tarqalgan buzilishlardan bo‘lgan. 2017 yilda undan har 12 bola aziyat chekkan. Bu buzilishlar ko‘pincha qiz bolalarda kuzatilgan, deyiladi nashrda.

Action for Children Britaniya xayriya jamiyatining siyosat masalalari bo‘yicha direktori Imron Husaynning so‘zlariga ko‘ra, bu «bolalar muhitida ruhiy salomatlik inqirozi»ga teng.

«Har kuni asosiy xizmatlar bolalar va o‘smirlar maktabdagi intensiv bosim, o‘smirlar tomonidan agressiya va uydagi muammolarni yengib, tobora murakkab zamonaviy dunyoga qorishib borayotganlari, bu vaqtda ijtimoiy tarmoqlar ularni bombardimon qilishlarini ko‘radilar», - dedi u.

Hukumat tadqiqoti rahbari, Londondagi Universitet kollejining bolalar ruhiy holati va farovonligi bo‘yicha mutaxassisi, shifokor Jyessika Deytonning so‘zlariga ko‘ra, yangi tashabbus muammoni shoshma-shosharlik bilan hal etishga qaraganda ko‘proq narsa, - deb yozadi The New York Times.

«Biz maktab muhitida ruhiy salomatlik bo‘yicha ma'lumotlarni oshirish orqali ruhiy buzilishlar bilan bog‘liq muammolar xatarini kamaytirishga harakat qilamiz».

Uning so‘zlariga ko‘ra, dasturga rol mashqlari, dam oldirish usullari, mutaxassislar bilan guruhlarda o‘tkaziladigan suhbatlar kabi texnikalar kiritilgan, deyiladi maqolada.

Teglar