Angliya Premyer-ligasi futbol klublari yozgi transferlar oynasida 1,386 milliard funt sarfladi 

  • 01:08 / 10.08.2019
  • 79

Foto: Twitter/ManUtd

Angliyada yozgi transfer oynasi 8-avgust kuni yakunlandi. O'tgan yili Angliya Premer-ligasi klublari 1,303 milliard funt, 2017 yilda esa 1,455 milliard funt sarflashgan. Bu chempionat uchun rekord ko'rsatkich edi, deb xabar bermoqda Transfermarkt portali.

"Manchester Yunayted" Angliya himoyachisi Garri Maguayrni "Lester" dan 78,30 million funt sterlingga sotib oldi, ikkinchi o'rinda "Arsenal", fransiyalik "Lill" dan Kot-d’Ivuarlik hujumchi Nikolas Pepe (72 million). "Manchester Siti" yozda o'tkazilgan beshta yirik transferlardan ikkitasini amalga oshirdi - ispaniyalik yarim himoyachi Rodri (63 million funt, Ispaniyaning "Atletiko"sidan) va portugaliyalik himoyachi Juan Kanselu (58,5 million funt, Italiyaning "Yuventus" klubidan)larni klub safiga qo'shib oldi. Fransiya milliy jamoasi yarim himoyachisi, “Lion” klubi a’zosi Tangi Ndombele uchun 54 million funt sterling to'lagan Londonning “Tottenxem” klubi beshlikni yakunladi. 

Aksariyat raqobatchilardan farqli o'laroq, "Chelsi" yozgi transfer oynasini foyda bilan yakunladi. Belgiya yarimhimoyachisi Eden Azarni "Real" ga 90 million funt sterlingga sotganligi sababli jamoa 78,9 million funt sterling ishlab topdi. "Kristal Pelas" (39 million funt sterling) ikkinchi o'rinda, "Liverpul" esa uchinchi o‘rinda foyda bilan yakunladi (28,1 million funt). Angliyada yozgi transfer oynasi yopilgandan keyin ijobiy muvozanatni saqlab qola olgan to'rtinchi klub – “Lester” (2 million funt).

Xarajatlar borasida uch mavsumdan beri “liderlik”ni qo‘ldan bermay kelayotgan APLning “Aston Villa”si (146,3 million funt) bo‘lsa, Londonning "Arsenal" klubi (90,5 million funt) ikkinchi, "Vulverxempton" (73,2 million funt) uchinchi o'rinni egalladi. Eslatib o‘tamiz, bugun — 9-avgust kuni Angliya Premer-ligasining birinchi tur uchrashuvlari boshlanadi.

Teglar