Angliya Premyer Ligasi qayta boshlanadigan sana ma’lum qilindi

  • 13:47 / 29.05.2020
  • 174

Angliya Premyer Ligasi bahslari 17-iyundan qayta  boshlanadi. Barcha o‘yinlar tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berilgan.

Ta’kidlanishicha, Premyer Liga aksionerlari mavsumni davom ettirish sanasi borasida bir qarorga kelgan. Musobaqalar barcha xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda qayta boshlanadi.

17-iyun kuni Premyer Liganing 28-turidagi qoldirilgan o‘yinlari bo‘lib o‘tadi: “Manchester Siti” – “Arsenal” hamda “Aston Villa” – “Sheffild Yunayted”. 19-iyundan esa yangi tur uchrashuvlari boshlanadi.