Angren shina zavodi faoliyati ustidan tergov jarayonlari boshlangan – Hisob palatasi

  • 15:47 / 07.04.2021
  • 48

Angren shina zavodining muvaffaqiyatsiz faoliyatiga oid materiallar tegishli tartibda tekshirish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga berilgan.
Bu haqda Hisob palatasi raisi o‘rinbosari Bahodir Turobov ma’lum qildi. 

“Materiallar administratsiya topshirig‘i bilan huquqni muhofaza qilish organlariga berilgan. Bugungi kunda tegishli tergov jarayonlari olib borilyapti. Bu masalada barcha e’tirozlarimizni vazirlik va idoralarga yetkazganmiz. Hujjatlarni rasmiylashtirib materiallarni berganmiz”, degan Bahodir Turobov Quyi palata deputati Doniyor Gʻaniyevning holat bo‘yicha bergan savoliga javob berib.

Deputat zavodning hozirda to‘liq quvvat bilan ishlamayotgani, olingan tashqi qarz o‘zini oqlamayotgani haqidagi masalani o‘rtaga tashlagan edi.
“Endi 156 million dollar suvda oqib ketdi, deb ketilaveradimi?” degan edi Doniyor Gʻaniyev. 
 

Teglar