Angren va Bo‘stonliq IIBlarida sanitariya tadbirlarini ta’minlash bo‘yicha bo‘linmalar tashkil etiladi

  • 15:22 / 05.04.2021
  • 107

Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, bu borada joriy yilning 15-mayiga qadar Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqiladi.

Unga ko‘ra, Toshkent viloyatida Angren shahri va Bo‘stonliq tumani doirasida, eksperiment tariqasida, ichki ishlar organlari sanitariya tadbirlarini ta’minlash bo‘yicha bo‘linmalari tashkil etiladi.

Bunda, shtatlarni kiritish va ta’minlash masalalari dastlabki davrda Toshkent viloyati hokimligining mahalliy byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi, keyinchalik esa o‘zini o‘zi moliyalashtirish mexanizmlari asosida tashkil etiladi.

Bundan tashqari 2021-yil 1-avgustgacha Respublika ichki ishlar organlari uchun namunaviy hududiy idora sifatida mazkur ikki tuman ichki ishlar boshqarmalari negizida “Namunaviy shahar ichki ishlar organi” va “Namunaviy tuman ichki ishlar organi” loyihalari amalga oshiriladi.