Apple hamyonbop iPhone smartfonini chiqaradi

  • 10:51 / 05.09.2019
  • 574

Apple kelgusi yil bahorda hamyonbop iPhone smartfonini chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Nikkei manbalarga asoslanib xabar berdi.

Kompaniyaning maqsadi - rivojlanayotgan mamlakatlardan yangi xaridorlarni jalb qilish hamda Huawei va boshqa raqobatchilarga o‘tib ketgan Xitoy auditoriyasining bir qismini qaytarib olish.

Model hajmi iPhone 8 bilan bir xil bo‘ladi va Apple flagmanlaridan farq qilmaydi. Kompaniya arzon LCD displey tufayli smartfon narxini pasaytiradi.

Yangi model 2016-yildan beri Apple’ning ilk hamyonbop smartfoni bo‘ladi. Korporatsiya ishlab chiqargan iPhone SE dastlab 399 AQSh dollari qiymatiga ega bo‘lgan. Yangi qurilmaning nomi va narxi hali aniqlanmagan bo‘lsa-da, u iPhone SEning yangilangan versiyasi sifatida qabul qilinadi, – deya qayd etadi Nikkei.

Arzon smartfonlar ishlab chiqarishga qaytish qarori o‘tgan yili iPhone savdosining pasayishi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, ushbu yozda Huawei kompaniyasi savdo hajmi bo‘yicha yetakchilikni qo‘lga kiritdi va jahon reytingida uchinchi o‘rinni egalladi (birinchi o‘rinni Samsung egallagan). IDC konsalting kompaniyasi ma‘lumotlariga ko‘ra, smartfonlar sanoati uch yildan buyon pasayib ketgan.

Teglar