Apple kompaniyasi mahsulotlariga 10 ta asosiy raqib

  • 12:47 / 25.09.2019
  • 1001

Apple kompaniyasining eng katta raqibi kim? Bozorda faqat ikkita gigantni – Apple va Google’ni solishtirishadi. Apple rostdan ham texnik ishlanmalar bo‘yicha eng qimmat kompaniya hisoblanadi, chunki u real mavjud mahsulotlarni yaratadi. 

Apple kompaniyasi, bugungi kunda 700 milliard AQSh dollaridan ko‘proqqa narxlanadi. O‘tgan yili uning sof foydasi 50 milliard AQSh dollarini tashkil qilgan edi. Hozir asosiy kurashlar hech qaysi kompaniya ustun bo‘lmagan, rivojlanayotgan bozorlarda kechmoqda. Bu kichikroq kompaniyalarga bozordagi ulush uchun shunday gigantlar bilan kurashish imkonini beradi. Keling, Apple’ning 10 ta asosiy raqibi bilan tanishamiz. 

10. Samsung

Самсунг

Samsung ancha vaqtgacha yirik texnologik korporatsiya bo‘lib keldi. Internetda Samsung’ning hamma g‘oya va ishlanmalarni Apple’dan o‘g‘irlashi va o‘z mahsulotini arzonroq narxda sotuvga chiqarilishi haqidagi memlar aylanib yuradi. Samsung smartfonlar industriyasida kuchli raqibdir. Shuningdek, kompaniya kemalar qurish va moliyaviy xizmatlar sohasi bo‘yicha ham muvaffaqiyatli ishlamoqda. Apple’ni xavotirga soladigan yagona narsa – Samsung smartfonlarining dasturiy ta’minotidir. Ular Android operatsion tizimidan foydalanadi. Bu tizim juda mashhur va ko‘pchilik uchun qulay, iPhone haqida esa bunday deb bo‘lmaydi.  

9. PayPal

PayPal

Ko‘pchilik odamlar Apple kompaniyasi onlayn-to‘lovlar tizimida ishlashi haqida bilmaydilar ham. Bu sohada eng kuchli raqib PayPal bo‘lib, uning qiymati 46 millard dollar. Bu internetda pul o‘tkazmalari bo‘yicha eng yirik va qulay servislardan biridir. Ammo Apple’ning onlayn-to‘lov servisi aslida PayPal’nikidan yirikroq. Foydalanuvchilar miqdori o‘sib bormoqda. Kelajakda servis bozorda ulkan ulushga ega bo‘lishi mumkin. Ayni vaqtda kompaniyaning to‘lov tizimi faqat ba’zi davlatlarda mavjud, shuning uchun ham u hozircha rivojlanmoqda. 

8. Tesla Motors

Тесла Моторс

Tesla – elektromobil ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi yetakchi kompaniya hisoblanadi. Bu yangi soha bo‘lib, elektromobil ishlab chiqarishni niyat qilgan har qanday korporatsiya Tesla’ning raqibiga aylanadi. Bir necha yildirki, Apple kompaniyasi elektromobillar ishlab chiqarmoqchi ekanligi haqidagi mish-mishlar yuribdi. U yaqinda ilk iCar’ni chiqarishi kutilmoqda. Stiv Jobs ancha vaqt o‘zining elektromobilini ishlab chiqarish orzusini asrab kelgan edi va bu orzu amalga oshayotgan ko‘rinadi. Apple bu kabi texnologiyalarni yaratish uchun minglab tajribali muhandislarni yolladi. Mavjud xabarlarga ko‘ra, loyiha “Titan” deb nomlanadi. Tesla’ning general direktori Ilon Mask ham Apple’ning jiddiy raqib bo‘lishini taxmin qilmoqda. 

7. Amazon

Амазон

Kindle Fire kabi gadjetlari bilan Amazon asta-sekin Apple’ni siqib chiqarmoqda. Amazon’ning oqimli video xizmati iTunes bilan raqobat qilmoqda, shuning uchun Apple TV raqobatchilaridagi bu funksiyani qo‘shmay qo‘ydi. O‘z navbatida Amazon Apple Tv’ni sotishni to‘xtatdi. Hozir u o‘zining markasidagi televizorlarni sotmoqda. Kompaniya yana oldinga qadam tashladi. Endi u smartfonlar uchun dasturlar sotmoqda. Ma’lumki, Apple bu sohada lider hisoblanadi. Amazon o‘z samrtfonlarini ishlab chiqib, bozorda yanada mustahkamlanib olish ehtimoli bor. Shuningdek, kompaniya turli qurilmalar uchun dasturiy ta’minot industriyasidagi o‘z faoliyatini kengaytirmoqchi. 

6. Dell

Dell

Dell – biz yaxshi eslaydigan 90-yillarning eskirgan kompaniyasi emas, u hali ham elektronika ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritadi. Ishlab chiqarishning katta ulushi – noutbuklarga to‘g‘ri keladi, bu noutbuklar “olmali” noutbuklarga raqobatchilik qiladi. Dell noutbuklarining dasturiy ta’minoti yaxshi bo‘lib, aynan shu narsa Apple bilan raqobatlashish imkonini beradi. Hozir u yoshlar orasida o‘z tovarlariga ishonch uyg‘otish uchun rebrending o‘tkazmoqchi.

5. Sony Mobile

sony

Ko‘pchilik o‘zining ilk telefoni – Sony’ni eslaydi, u paytlari Sony Ericsson markasi ostida ishlab chiqarilar edi. O‘shanda u juda yaxshi telefon edi, ammo keyinroq kompaniya biroz muddatga bu sohada o‘z pozitsiyasini yo‘qotdi. Hozir Sony Mobile – Iphone’ga munosib raqibdir. 2014-yili u smartfon ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda 4-o‘rinda edi. iPhone’ga qarshi u o‘zining Sony Xperia flagmanini namoyish qilmoqda, bu smartfon suv o‘tkazmaydi, zarbaga bardoshli va a’lo kameraga ega. 
 
4. Fitbit

Fitbit

Fitbit – simsiz texnologiyalar sohasida yetakchi ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Kompaniya qo‘lga taqiladigan va sportdagi ko‘rsatkichlar yoki tananing tibbiy parametrlarini kuzatib borish imkonini beruvchi qurilmalari bilan mashhur. U bozorda iWatch’dan oldin ham bor edi. Fitbit bunga javob sifatida ancha arzonroq aqlli soatlarni chiqardi. Bu iWatch bilan haqiqatdan ham raqobat qila oladigan ilk mahsulotdir.  Simsiz texnologiyalar – ancha yosh soha, shuning uchun ham hozir unda liderlik uchun haqiqiy kurash ketmoqda.

3. Bose

Bose

Bose quloqchin ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. Apple’ning quloqchinlar uchun Beats deb nomlanuvchi o‘z texnologiyasi bor, uni ishlab chiqarishga 3 million dollar sarflangan. Faqatgina Bose o‘rtacha-hamyonbop qurilmalar borasida mos raqobatchidir. Ularning quloqchinlari modellari o‘xshash, auditoriyasi ham bitta. 

Raqobat raqobat bilan-u, ammo yaqinda ikki kompaniya sud zalida uchrashdi. Bose Apple’ni Beats quloqchinlarida qo‘llagan texnologiyasini o‘g‘irlaganlikda aybladi. Ammo Bose marketing kurashida mag‘lub bo‘ldi. Biroq bu – kompaniya bu sohada ortga chekindi deganimas. U avvalgidek sifatli qurilmalar ishlab chiqaruvchi korporatsiyadir.   

2. Google

Google

Google ko‘p narsada Apple’ning jiddiy raqibi hisoblanadi. Avvalambor, Google Android operatsion tizimi boshqaruvidagi smartfonlarga egalik qiladi, u esa Google Play litsenziyasi hisobiga Apple telefonlari bilan raqobat qiladi. Apple’ning iTunes va AppStore uchun o‘z versiyasi bor va u anchagina katta. Google, shuningdek, onlayn-to‘lovlar bo‘yicha Apple’ning asosiy raqiblaridan biri hamdir. Google va Apple’ning raqobat qiladigan asosiy bozorlari Hindiston va Xitoy hisoblanadi. Har bir davlatda o‘ziga yaxshi smartfonni ravo ko‘radigan ehtimoliy milliard mijoz bor. Ular Android’ni tanlashadimi yoki Apple’nimi? Vaqt ko‘rsatadi.

1.Microsoft

Microsoft

Microsoft va Apple qachonlardir hamkor edilar. Ammo ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatga tushgach, munosabatlari buzildi. Shundan keyin Microsoft Apple’ning eng yirik raqobatchisiga aylnadi. Ikkalasi ham shaxsiy kompyuterlarni taklif qilar, ammo Microsoft arzon narxlar evaziga Apple’dan oldinda edi. Microsoft kompyuterlari u qadar yaxshimas edi, ammo narxining arzonligi bu kamchilikni yopib ketardi. Smartfonlar bozoriga chiqqanda Apple Microsoftni quvib o‘tdi. Microsoft’ning endi o‘z smartfonlar brendi bor. Aslida, bu ikki gigant raqobatlashadigan sohalar ko‘p.