Apple macOS Catalinaning yangi versiyasini ishlab chiqdi

  • 13:53 / 08.10.2019
  • 269

Foto: Eric Thayer/Getty Images

Amerikaning Apple kompaniyasi shaxsiy kompyuter va serverlar uchun MacOS Catalina operatsion tizimining yangi versiyasini ishlab chiqardi. Bu haqida kompaniya veb-saytida xabar berildi.

Unga ko‘ra, foydalanuvchilar yangi kompyuter o‘yinlarini o‘z ichiga olgan Apple Arcade xizmatiga kiradi. Bundan tashqari, operatsion tizimda Apple Music, Apple Podcast va Apple TVning yangilangan versiyalari mavjud. Sidecarning yangi xususiyati iPadni ixtiyoriy ekran sifatida ishlatish yoki Apple Pencildan foydalanib ma’lumot kiritishga imkon beradi. 

Xabarda qayd etilishicha, Voice Control – ovozli boshqaruvni ta’minlaydi, yangi Mac Catalyst – mustaqil ishlab chiquvchilar tomonidan yangi ilovalar yaratishni osonlashtiradi. Screen Time esa foydalanuvchilarga ilovalarni ishlatish va saytlarga kirish uchun qancha vaqt sarflashini ko‘rish imkonini beradi.