Apple smartfonlari savdosi kuchli uchlikni tark etishi mumkin

  • 14:42 / 09.08.2019
  • 367

Kompaniya Xitoy ishlab chiqaruvchilari hujumiga dosh berolmayapti.

Apple koʻp yillardan beri ilk marta smartfonlar savdosi boʻyicha yetakchilar uchligiga kirmagan. Ikkinchi chorakda u 35,3 million dona iPhnone sotdi. Bu esa unga umumiy roʻyxatda bor-yoʻgʻi toʻrtinchi oʻrinni taʼminladi, deya xabar bermoqda xalqaro bozorni oʻrganish bilan shugʻullanuvchi IHS Markit kompaniyasi.

Uchinchi oʻrindan uni Xitoyning Orro kompaniyasi siqib chiqardi. U yil davomida 36,2 millionta qurilma sotishga muvaffaq boʻlgan. Xiaomi va Vivo mos ravishda 31,9 va 28,4 million dona smartfon sotib, Apple‘dan ko‘p ham qadar ortda qolayotgani yoʻq.

продажи смартфонов

Mazkur kompaniyalarning doimiy yetakchilardan bo‘lgan Huawei va Samsungga yetib olishiga ancha bor. Huawei ikkinchi chorak davomida 58,7 million qurilma sotgan boʻlsa, Samsung kompaniyasida bu koʻrsatkich 75,1 millionga toʻgʻri kelmoqda. Ushbu natijalar ularning bozordagi ulushini 18 va 23 foizga yetkazgan.

Bu Appleʻning uchinchi oʻrindan siljiganini koʻrsatuvchi yil davomidagi ilk statistikadir. Ikkinchi chorak uchun Canalys maʼlumotlari oʻzgacha holatni aks ettirgan. U yerda Oppo Xiaomiʻdan oʻzib ketolmagan bo‘lsada, Apple‘ni quvib o‘tishga muvaffaq boʻlgan.

Uchinchi chorakda vaziyat oʻzgarishi mumkin. Sentyabr oyida iPhoneʻning yangi modellari chiqadi. Ular hisobiga Apple qayta tiklanib olishi mumkin. Biroq bu ham yil yakunlariga koʻra uchinchi oʻrinni saqlab qolish uchun yetarli boʻlmasligi mumkin.